O‘zbekiston | 19:20 / 31.12.2017
33289
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi pasaytiriladi, imtiyozlar esa bekor qilinadi

2018 yilning 2-choragidan boshlab O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar doirasi kengaytirilib, keyinchalik uning stavkasi pasaytirilishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2017 yil 29 dekabrda «O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari to‘g‘risida»gi 3454-sonli qarorida ko‘rsatib o‘tilgan.

Yangi o‘zgarishlarga ko‘ra ushbu soliq to‘lovi bo‘yicha imtiyozlar ham bekor qilinadi.

Qarorga ko‘ra, qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkalarini pasaytirish bo‘yicha takliflarni Moliya vazirligi, davlat soliq va bojxona qo‘mitalari hamda Iqtisodiyot vazirligi Prezident huzuridagi loyihaviy boshqaruv Milliy agentligi bilan hamkorlikda 1 iyulgacha tayyorlanib, taqdim etilishi kerak.

Davlat byudjyetining qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bo‘yicha prognozlashtirilayotgan daromadlari 22,019 trillion so‘mni yoki jamiki daromadlar (62,229 trln so‘m) ning uchdan bir qismidan ortiqrog‘ini tashkil etmoqda.

1992 yilning 1 yanvaridan — 26 yildan buyon O‘zbekistonda amal qilib kelayotgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining ilk stavkalari 30 foizni tashkil etardi. 1993–94 yilarda u 25 foizga tushirilgan, 1998 yildan boshlab 20 foizni tashkil etib kelayotgan edi. Ayni paytda nolli stavkada QQSga tortish, shuningdek, QQSdan to‘liq yoki qisman ozod qilish bo‘yicha imtiyozlar mavjud edi.

29 dekabr kuni qabul qilingan Prezident qarori bilan, 2018 yilning ikkinchi choragidan boshlab mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan korxonalarga taqdim etilgan imtiyozlar ham bekor qilinadi, shu jumladan, amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha ham.

Bundan tashqari, 1 apreldan boshlab yuridik shaxslarning daromadlari, mol-mulk soliqlari va eksportchi korxonlarning yagona soliq to‘loviga (eksport ulushidan qat'i nazar) nisbatan joriy etilgan imtiyozlar bekor qilinadi.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid