Qonunga köra, Soliq kodeksiga quyidagi özgartirişlar kiritildi:
- qişloq xöjaligiga möljallanmagan böş turgan yer uçastkalarini realizatsiya qiliş böyiça aylanma QQSdan ozod etildi;
- şaharlar va şaharçalarning ma’muriy çegaralarida joylaşgan qişloq xöjaligiga möljallangan yer uçastkalari böyiça yer soliğini ikki baravar miqdorida hisoblaş tartibi bekor qilindi;
- YaTT xodimlari tomonidan tölanadigan ijtimoiy soliq summasi kamaytirildi;
- soliq tölovçilar bojxona çegarasini kesib ötganligini tasdiqlovçi belgi qöyilgan tovarning kuzatuv hujjatlarini soliq organlariga taqdim etiş majburiyatidan ozod etildi.
Şuningdek,
- mobil aloqa xizmatlari aksiz soliğidan ozod etildi;
- noşirlik-matbaa faoliyati, axborot texnologiyalari, ta’lim muassasalarining öquvçilarini tadbirkorlarga işga joylaştiriş, yoşlarni avtomobil yöllaridagi köçma savdo obektlari orqali tovarlarni realizatsiya qilişga jalb etiş, tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan kam ta’minlangan oila a’zolarini işga qabul qiliş orqali ularni qöllab-quvvatlaş sohasida vaqtinçalik soliq imtiyozlari joriy etildi;
- qayta tiklanuvçi energiya manbalarining qurilmalarini örnatgan jismoniy va yuridik şaxslar uçun soliq imtiyozlari berildi.
Bundan taşqari tamaki va alkogol mahsulotlari, neft mahsulotlari hamda aksiz tölanadigan boşqa tovarlar uçun soliq stavkalari, mol-mulk soliği, yer soliği, suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliq, yer qa’ridan foydalanganlik uçun soliq, aylanmadan olinadigan soliq böyiça soliq stavkalari özgartirildi.
Şuningdek tovarlarni (xizmatlarni) eksportga realizatsiya qilişdan olingan daromadlarni qöllab-quvvatlaş uçun beriladigan foyda soliği va aylanmadan olinadigan soliq böyiça soliq imtiyozlari bekor qilindi, aylanmadan olinadigan soliqning qat’iy belgilangan stavkalari, soliq stavkasi böyiça soliqni qat’iy belgilangan summada tölaşning öziga xos xususiyatlari töğrisidagi normalar bekor qilindi.
Budjet kodeksiga budjet tizimi budjetlari daromadlarining kamayişini, soliq va bojxona imtiyozlari berilişini yoki bekor qilinişini, şuningdek soliq bölmagan tuşumlardan budjet tizimi budjetlariga ajratmalarning kamayişini yoki köpayişini nazarda tutuvçi qonunçilik normalari keyingi moliya yilining 1 yanvaridan e’tiboran amalga kiritilişi töğrisidagi qoidani belgilovçi özgartiriş kiritildi.

















