Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubayda fotoramka ko‘rinishidagi inshoot ochildi
Foto: © Depositphotos / Leonid_Andronov
Dubayda yangi diqqatga sazovor joy – fotosuratlarga mo‘ljallangan ulkan ramka ko‘rinishidagi inshoot tashrif uchun ochildi.
150 metrlik ikkita minora 93 metr uzunlikka ega oynavand ko‘prik bilan birlashtirilgan. Ramka yuqorisida tomosha maydonchasi bor.
43,6 million dollarlik lo yiha 2013 yilda qurila boshlangan va 2015 yilda ochilishi kerak bo‘lgan, biroq zarur materiallar yetishmagani sababli uning qurilishi cho‘zilib ketgan.
Inshoot Zabeel Park bog‘ida joylashgan va fotosurat uchun ramkani eslatib yuboradi. Uning bir tomonidan zamonaviy Dubayga, boshqa tomonidan esa shaharning eski qismiga manzara ochiladi.
Inshootning yuqorisidan shaharni tomosha qilish mumkin. Qurilishda alangalanmaydigan materiallar ishlatilgan.
Mavzuga oid
14:13 / 04.05.2026
Dubayda ko‘chmas mulk orqali yashash uchun ruxsatnoma olishdagi minimal investitsiya miqdori bekor qilindi
19:38 / 02.05.2026
BAA havo hududini to‘liq ochganini e’lon qildi
08:40 / 31.03.2026
Dubay yaqinida Kuvayt neft tankeriga hujum qilindi
22:42 / 28.03.2026