Jahon | 08:20 / 03.01.2018
11476
2 daqiqa o‘qiladi

Eron AQSh qo‘shinlarining Suriyadan olib chiqilishini talab qilmoqda

Foto: AFP / Delil Souleiman

AQSh qo‘shinlari Suriyada noqonuniy ravishda qolmoqda va shu sababli u o‘z qo‘shinlarini Suriya hududidan olib chiqib ketishi kerak. Bu haqda Eron milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi, admiral Ali Shamhaniy “Al-Mayadin” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Shamhaniyning aytishicha, AQSh Eron va Rossiyadan farqli, o‘z harbiylarini Suriyaga yuborish bo‘yicha rasmiy Damashq bilan kelishib olmagan. Admiral Suriyada AQSh harbiylarining bo‘lishini “okkupatsiya” deb baholadi. Uning ta'kidlashicha, Tehron AQSh harbiylarining Suriyadan olib chiqib ketilishi masalasida Damashqni qo‘llab-quvvatlaydi.  

“Biz buni barcha xalqaro minbarlardan talab qilamiz”, deb qo‘shimcha qilgan Eron vakili.

Shamhaniy, shuningdek, Rossiya, Turkiya va Eron Suriya ixtilofini hal qilish uchun sa'y-harakatlarni amalga oshirayotganlarini va shu asnoda Suriyaning kelajagini belgilash uchun Sochida uchrashuv o‘tkazishga kelishib olganlarini eslatib o‘tgan.    

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid