O‘zbekiston | 10:39 / 06.01.2018
35339
2 daqiqa o‘qiladi

1 apreldan boshlab QQS bo‘yicha alohida imtiyozlar bekor qilinadi

Foto: Fotolia

29.12.2017 yildagi O‘RQ–454-son Qonun bilan Soliq kodeksiga tegishli tuzatishlar kiritildi.

Norma.uz’ning yozishicha, SKning 208-moddasida QQSdan ozod etiladigan realizatsiya qilish oborotlari aks ettirilgan, ular orasida quyidagilar keltirilgan:

• gidrometeorologiya va aerologiya ishlari;
• geologiya va topografiya ishlari;
• bosma mahsulotlar, shuningdek bosma mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni realizatsiya qilish bilan bog‘liq tahririy, matbaa va noshirlik ishlari (xizmatlari);
• O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining, uning tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlarning hamda O‘zbekiston Milliy axborot agentligining asosiy faoliyatiga doir mahsulot va xizmatlar;
• vakolatli davlat organining ixtisoslashgan ekspertiza bo‘linmalari o‘tkazadigan ekologik ekspertiza xizmatlari.

2018 yil 1 apreldan boshlab yuqorida sanab o‘tilgan ishlar va xizmatlar turlarini realizatsiya qilish oborotlari imtiyozlanadiganlar jumlasidan chiqarib tashlandi. Ulardan QQS belgilangan tartibda to‘lanadi.

Imtiyozlar faqat bosma mahsulotlar – milliy valyuta (kupyura), kitob mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarining davriy bosma nashrlari (reklama tusidagi bosma nashrlar bundan mustasno), daftarlar hamda rasm va chizmachilik albomlari uchun saqlanib qolinadi.

Bundan tashqari, 2017 yilda qonunchilik bilan belgilangan ro‘yxat bo‘yicha import qilingan yog‘och-taxta materiallari va yog‘ochning bojxona rasmiylashtiruvida import qiluvchilar QQS to‘lamas edilar. Bunda mazkur imtiyoz ham yuridik, ham jismoniy shaxslar tomonidan qo‘llanilishi mumkin edi.

Ushbu imtiyoz 2018 yilda ham saqlanib qolindi. Biroq SKning 211-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra 2018 yilning 1 aprelidan u faqat yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.

Jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar mazkur tovarlar importida bojxona qonunchiligiga muvofiq belgilangan tartibda QQS to‘lashlari kerak bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid