Tsirk gimnastikachisining manejga yiqilishi videoda qayd qilindi
Belarusning Gomel shahridagi sirkda moskvalik gimnastlar jamoasi ishtirokchisi akrobatik tryuk bajarish vaqtida yuqoridan tushib ketdi. Internetda ushbu holat videosi joylashtirildi.
Ma'lum qilinishicha, voqea 5 yanvarda Alisher Alimev boshchiligidagi gimnastlar jamoasi chiqishi vaqtida yuz bergan. Afishada “gimnastlar 9-qavatli bino balandligida ajabtovur tryuklar ijro etishlari” e'lon qilingan. 20 yoshli ayol gimnastikachi tryuk bajarilishi vaqtida hamrohining qo‘lidan chiqib ketib, pastdagi ehtiyot to‘ri yonidan o‘tib ketib, manejga qulagan.
Gimnastikachi bosh jarohati bilan shifoxonaga yetkazilgan. Ta'kidlanishicha, qiz jonlantirish bo‘limida og‘ir ahvolda qolmoqda.
Mavzuga oid
11:55 / 09.11.2024
O‘zbekistonda sirk tomoshalarida yovvoyi hayvonlardan foydalanish taqiqlanmoqda
12:43 / 18.01.2023
O‘zbekiston xalq artisti Hakim Zaripov 99 yoshida vafot etdi
17:46 / 27.02.2022
Ukraina delegatsiyasi Gomeldagi muzokaralarga boradigan bo‘ldi
14:42 / 27.02.2022