Harvard iqtisodçisi Devid Deming 1980 yildan boşlab turli mutaxassisliklar böyiça işlar xarakterini örgandi va birinçi navbatda, ijtimoiy könikmalarni talab qiluvçi vazifalar soni 24 foizga oşgani, intellekt va texnik toifani talab qiluvçi vazifalar soni esa u qadar yuqori körsatkiçni qayd etmaganini ta'kidladi.
Deming şuningdek iş haqining oşişi birinçi navbatda ijtimoiy könikmalar zarur bölgan faoliyat sohalarida kuzatilişini aniqladi.
Ijtimoiy intellektga urğu berilgan sari undan mahrum kişilar umumiy massada u qadar ijobiy namoyon bölmaydi.
Barçamiz şunday insonlarni bilamiz: siz şoşilinç işni bajaryapsiz, u esa gapirişdan töxtamaydi; u ğoyalaringiz muallifligini özlaştiradi; xatolar tufayli sizni bexijolat navbatdagi tungi smenaga çaqiradi — bu röyxatni yana davom ettiriş mumkin.
Ularning aksariyati aqlli odamlar, şunday bölsa-da, ular doimiy ravişda atrofdagilarni özlariga qarşi qilaverişadi. Afsuski, özlikni anglaş va boşqa ijtimoiy könikmalarning yöqligi ularning karerasi uçun tösiq böladi.
Ijtimoiy könikmalar va özlikni anglaş — bu emotsional intellektning tarkibi. TalentSmart'ning milliondan ortiq kişilarda ötkazgan tadqiqotlari emotsional intellekt mehnat samaradorligining 58 foizi uçun javob berişini körsatmoqda.
Şunday toifali kişilar borki, ularning karerasiga bu kamçilik katta ziyon yetkazadi.
Ulardan biriga aylanmaslik uçun birovning tajribasini örganib, öz xatti-harakatlaringizga tuzatiş kiritişingiz mumkin.
1. Qörqoqlar
Qörquv — haddan taşqari kuçli motivator. Aynan şuning uçun prezidentlikka nomzodlar saylovçilarga raqib albatta iqtisodiyotni barbod qilişini aytişar, sigareta qutilarida esa çekiş zararli ekanidan ogohlantirişar ekan.
Qörquv işdagi asosiy motivatorga aylanganida bu noratsional va zararli xatti-harakatlarga olib keladi. Qörqoq hamkasb öz qilmişlarida boşqalarni ayblaşga şoşadi va hatto uni töğri deb hisoblasa ham öz nuqtai nazarida qat'iy turişga tayyor emas.
2. Dementorlar
Joan Roulingning Harri Potter haqidagi kitoblariga köra, dementorlar — odamlarning qalbini sörib olib, böm-böş tanasini qoldiradigan yovuz mavjudotlar.
Dementor xonaga kirganida qoronğu va sovuq böladi, u yerdagi barça insonlar birdan öz hayotidagi eng yoqimsiz onlarni xotirlay boşlaşadi. Roulingning aytişiça, dementor obrazi xonaga kirib muhitga salbiy ta'sir körsatuvçi ba'zi odamlarni takrorlaydi.
Dementorlar yöllarida duç kelgan odamlarga salbiy his-tuyğu va pessimizm ulaşişadi. Bunday kişilar har qanday vaziyat va hamma narsaning faqat yomon tomonini körişadi, ular atrofdagilarda doim qörquv va xavotir uyğotişga urinişadi.
3. Kibrlilar

Kibrli kimsalarga vaqt ketkazişga hojat ham yöq — qilayotgan barça işlaringiz ularga çaqiriqdek tuyuladi. Kibr — öziga bölgan işonçning soxta körinişi, aslida esa buning aksi böladi.
Akron universiteti tadqiqoti kibr işdagi muammolarni keltirib çiqarişini körsatgan. Bunday kişilar, qoidaga köra, işni yaxşi uddalay olişmaydi, muloqotda yoqimsiz va örtaça odamdan köproq kognitiv muammolarga ega bölişadi.
4. Konformistlar
Guruh fikrini öz fikridan doim ustun qöygan inson eng kam tösiqli yölni tanlaydi va har qanday muammoni hal qilişning avvaldan ma'lum bölgan yöldan yuradi.
Agar birovning nuqtai nazarini yetkazayotgan bölsangiz, ehtiyot böling — bu ketişda katta natijalarga erişa olmaysiz.
5. "Oq qarğalar"
Bunday odamlar özlarining muvaffaqiyatsizliklari uçun javobgarlikni köpinça taşqi şart-şaroitlarga ağdarişadi.
Darhaqiqat, inson omad tufayli ham muvaffaqiyatga erişişi mumkin, biroq oxir-oqibat natija asosida odatda qattiq mehnat yotadi. Agar dunyo sizga qarşi birlaşgan bölsa, ehtimol, sizga real tösiqlar emas, muammoga yondaşuvingiz köproq xalaqit berayotgandir.
6. Qoni "qaynoq" kişilar
Ba'zi odamlar öz hissiyotlarini mutlaqo nazorat qila olişmaydi. Ular suhbatdoşiga hujum qilib qolişi heç gap emas, ularning his-tuyğulari bilan hisoblaşişmaydi va aksariyat holatlarda boş oğriğini keltirib çiqarişadi.
Serhissiyot odamlar yaxşi işlay olişmaydi, çunki his-tuyğular ularning töğri fikrlaşiga xalaqit beradi, öz-özini nazorat qila olmaslik esa atrofdagilar bilan aloqa örnatişga halal beradi. Ulardan ehtiyot böling, hissiyotlarini jilovlay olmaydigan kişilarning "qurboni"ga aylanmang.
7. Qurbonlar

Qurbonni aniqlaş qiyin, çunki biz dastlab bunday odamlarning muammolariga hamdard bölamiz. Biroq vaqt ötgan sayin bu doimiy holat ekanini tuşunib boramiz.
Qurbonlar mas'uliyatni öz böynilariga olişdan qoçişadi va öz yöllaridagi har qanday "toş"ni yengib bölmas "toğ"ga aylantirişadi. Ular uçun qiyinçiliklar — öqib-örganiş va rivojlaniş uçun imkoniyat emas, heç nima qilmaslik uçun sabab.
8. Işonuvçan odamlar
Albatta, işonuvçan odamlarga hamma açinadi, ayniqsa uzoq iş kunidan söng ular rahbarning farzandlariga qarab turişga rozi bölişganidan keyin. Şunisi qiziqki, bularning bari dam oliş kunida röy beradi.
Tez işonuvçan odamlar (odatda ularning hayotiy tajribasi kam böladi) sokin daryo şiddatli okeanga aylanmagunga qadar oqim böylab suzişadi. Yodingizda bölsin: iş haqi borasida kelişiş - normal holat, yöq deyiş ham! Barçasi töğriligiga şubha qilsangiz, savollar berişingiz mutlaqo tabiiy. Öz nuqtai nazaringizda sobit tursangiz, sizni hurmat qilişadi.
9. Keçirim sörovçilar
Umuman uzr söramaydigan kişilardan taşqari, haddan taşqari köp keçirim söraydiganlar ham böladi.
Öziga işonçi kam bölgan kişilar doim öz ğoyalari va xatti-harakatlari uçun uzr söraşadi. Ular muvaffaqiyatsizlikdan qörqişadi va uzr söraş suğurta sifatida iş beradi, deb hisoblaşadi. Keraksiz uzrlar esa, buning örniga, ğoyalar qadrini va ularning amalga oşiş ehtimolini kamaytiradi.
Ğoyangiz qadr-qimmati tovuş ohangi va tana "tili" bilan qöllab-quvvatlanişi juda muhim. Ğoya yoki fikrni savol körinişida taqdim etiş - oldindan uzr söraşdek gap. Agar özingizni haqiqatda amaliy bir ğoyaga ega deb hisoblasangiz, işonç bilan sözlang.
Xulosa
Yuqoridagi kamçiliklardan heç biri öz-özidan sönggi hukm böla olmaydi, emotsional intellektingizni rivojlantirib, istagan vaqtingizda ularni tuzatişingiz mumkin.
Buning uçun özgarişlarni xohlayotganingizga va özingizning xatti-harakatlaringiz uçun javob berişingizga işonç hosil qiling.












