Toşkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarşi kuraşiş kafedrasi dotsenti v.b., yuridik fanlar böyiça falsafa doktori (PhD) Razzoq Altiyev firibgarlarga aldanib qolmaslik böyiça 7 tavsiya işlab çiqdi. Ular bilan quyida tanişişingiz mumkin.
1-tavsiya. Notaniş şaxsga eşigingizni oçmang.
Odatda firibgarlar sifatli tovarlarning analoglarini arzon narxlarda taklif qilib, arzon sotişlarining sababi sifatida pul zarurligini, özi xorij fuqarosi ekanini, şu mahsulotdan köp miqdorda olib kelgani va sönggi nusxalarini arzonga sotib ketmoqçi ekanini aytib, sifatsiz mahsulotni qimmat narxlarda Sizga ötkazişga harakat qiladi.
Begona şaxslarning taklifi qançalar foydali eşitilmasin, ularni uyingizga kiritmang. Qiymati haqida ma'lumotga ega bölmagan, sifatini tekşiriş imkoni bölmagan mahsulotni köça-köydan sotib olişdan tiyiling.
Esda tuting! Heç kim Sizga tannarxidan arzon narxda mahsulot sotmaydi.
2-tavsiya. Tanimagan insoningizga işonmang! Har doim hammani tekşirib, şaxsiga aniqlik kiriting. Bunga haqlisiz!
Esda tuting! Sizga murojaat qiluvçi şaxs özini taniştirişga majbur!
Kommunal tölovlarni yoki boşqa tölovlarni yiğiş uçun kelgan şaxsning xizmat guvohnomasini, guvohnomadagi muhr va undagi yozuvlarni tekşiring. Bunga töliq haqlisiz. Agar şubhalansangiz, xizmat guvohnomasini taqdim etgan taşkilotga telefon qilib, xodimning şaxsiga oydinlik kiritib, işonç hosil qilganingizdan söng tölovlarni amalga oşiring.
3-tavsiya. Şaxsiy ma'lumotlaringizni heç kimga oşkor qilmang.
Odatda özini bank yoki boşqa taşkilot vakili sifatida taniştirib, notaniş raqamdan telefon qilib, telefon raqamingizga kelgan SMS xabarni öqib berişni söraş holatlari kuzatiladi. Bunday holatlarda özingiz bilmagan holatda begona şaxsga tölov kartangizdan foydalaniş yoki boşqa tölov manbalaringizdagi pullaringizni tasarruf qiliş imkonini yaratib berasiz. Şu sababli heç kimga telefon orqali ma'lumot bermasligingiz tavsiya etiladi.
Yodda tuting! Davlat taşkilotlari yoki muassasalari heç qaçon Sizdan bunday ma'lumotlarni telefon orqali talab qilmaydi.
Şuningdek, Sizga internet tarmoği orqali keluvçi lotereyada yutganingiz yoki boşqa tanlovlar ğolibi bölganingiz haqidagi xabarlarga işonmang. Internet-firibgarlar şu yöl orqali Sizni aldab, şaxsiy ma'lumotlaringizni sörab oladi va pul mablağlaringizni talon-toroj qiladilar.















