Ta'til kunlari boşlandi degunça farzandlarini uyda band qiliş, vaqtni unumli ötkaziş ota-onalar uçun dolzarb masalaga aylanadi. Hatto sevimli multfilmlarni tomoşa qilib va kompyuter öyinlarini öynab ham bolalarda zerikiş hissi paydo bölaveradi. Şuning uçun hordiqni oilaviy tadbirlar bilan boyitiş muhim.

Özbekistonda maktab öquvçilari uçun kuzgi ta'til 4 noyabrdan 9 noyabrgaça davom etadi. Kuzgi ta'tilda vaqtni sermazmun ötkaziş uçun nimalar bilan şuğullaniş mumkin?

Oşpazlik maktabi uyda

Köçada havo harorati past bölganida uyda pişirilgan mazali taom va pişiriqlarni oila davrasida iste'mol qilişga nima yetsin? Buning uçun esa retsept topiş kifoya. Boşlanğiç sinf öquvçilariga xamirni yoyiş, turli şakllarni kesib oliş, tayyor peçenelarni bezatiş kabi yumuşlarni işonib topşiriş mumkin. Uydagi oşpazlik darslarida foydali desert yoki nonuşta uçun tezpişar nonuştalar tayyorlasa böladi.

Modalar namoyişi

Bolani öz kiyimlarini tartibga solişga örgatiş har doim ham oson keçmaydi. Kiyimlarni kiyib köriş va modalar namoyişini ötkazişni taklif qiliş esa ança muvaffaqiyatli usul. Bir vaqtning özida bir neça vazifani bajariş mumkin: bola turli kiyimlarni bir-biriga moslaş, turli vaziyatlarga mos kiyim tanlaş, kiyim kiyişda ob-havoga e'tibor berişni örganadi. Kiyimlar kiyib körilgaç, ularni birgalikda tartibga solasiz. Qarabsizki, bu vazifa ham öz-özidan bajariladi.

Mustaqil öyinlar

Boşlanğiç maktab yoşidagi bola uzoq vaqt davomida öyinçoq bilan ovora bölişi uçun u yorqin va yoqimli bölişi kerak. Rangli böyoqlar, yaltiroq buyumlar ularni öziga jalb etadi. Mustaqil öyinlar uçun konstruktorlar (lego, 3D pazllar, yiğiladigan uylar va maşinalar) mos keladi. Pazllarni yiğiş diqqatni jamlaş, mantiqiy fikrlaşni rivojlantirişga yordam beradi.

Ma'rifiy kanallarni tomoşa qiliş

Zamonaviy ilmiy-ommabop videolarda voqea-hodisalar qiziq va tuşunarli tarzda namoyiş etiladi. Masalan, nima uçun uxlaş kerak, qanday qilib soat yasaş, zebralarning töni nima uçun yöl-yöl kabilar. Şunday kanallar borki, ular öquvçilariga u yoki bu fanlarni yaxşiroq özlaştirişda yordam beradi.

Kuzgi boğda fotosessiya uyuştiriş

Bu an'anaviy, şu bilan birga farzandingiz bilan dam oliş uçun muvaffaqiyatli ğoya. Maşğulotga noan'anaviylik ham beriş mumkin. Masalan, mittivoyingiz bu safar obektivning boşqa tarafida suratga oliş bilan band bölsin. Kuzgi hissiyotlar, xafalik, xayolparastlik, xursandçilik va xotirjamlik haqida suratlar oliş mumkin.