Ayni kunlarda bolalar va kattalar orasida şamollaş yoki grippga çaliniş holatlari köp uçramoqda. Hududlardagi bolalar şifoxonalarida turnaqator navbat kuzatilayotgani sir emas. Respublika ixtisoslaştirilgan pediatriya ilmiy amaliy tibbiyot markazining davolaş işlari böyiça direktori örinbosari, boş şifokor Abdumannon Abduqayumov bu holatlarda kerakli tavsiyalar bilan bölişdi.

Şamollaşdan himoya qilişning tabiiy usullari

Kuz va bahor kelişi bilan bolalar orasida şamollaş holatlari köpaya boşlaydi. Bunga sabab havo harorati keskin özgaruvçanligidir.

Bolalarni bundan himoya qilişning yöli – ularni mavsumga qarab kiyintiriş kerak. Ularning ovqatlanişiga, ayniqsa nonuştasiga juda e'tiborli böliş kerak. Vitaminga boy mahsulotlarni iste'mol qiliş, gigiyenaga rioya qiliş va albatta sport bilan muntazam ravişda şuğullantirib, çiniqtiriş lozim.

Şamollaş mavsumida bolada şamollaş alomatlari kuzatilsa, uni 3 kungaça jamoat joylariga jönatmay turiş tavsiya etiladi. Çunki boşqalarga ham yuqtiriş ehtimoli katta böladi.

Bolalarni şamollaşdan tabiiy yöllar bilan himoya qiliş mumkin. Ularni oçiq havoda sayr qildiriş, çiniqtiriş, D vitamini beriş kerak. Bizning hudud serquyoş ölka hisoblansa-da, hozir köpçilikda D vitamini tanqisligi kuzatilyapti. Şuning uçun bu vitaminni muntazam iste'mol qiliş tavsiya etiladi. Bu vitaminning D immunitetni oşirişda ta'siri katta. Şu usullar orqali immunitetni oşiriş mavsumiy kasalliklardan himoyalanişda yordam beradi.

Şamollaganda isiriq tutatiş allergiya qözğatadi

Şamollagan bolalarni davolaşda özboşimçalik bilan çora köriş, aniq natijasi bölmagan usullarni qöllaş mumkin emas.

Köpinça şamollagan, grippga çalingan bemorlar bor xonada isiriq tutatiş kasallik köpayişining oldini oliş çorasi sifatida qöllanadi. Lekin bugungi kunda bu usul foyda bermaydi. Çunki biz iste'mol qilayotgan oziq-ovqat özgargan, biz nafas olayotgan havo özgargan. Ekologik omillar ta'siri, daraxtlarning kamayişi, har qadamda uçraydigan qurilişlar sabab havoda çang miqdori köpayişi turli allergik kasalliklar köpayişiga sabab böldi. Bolalar orasida ham allergik xastaliklar juda köp uçramoqda. Isiriq tutatiş bolalarda allergiyani qözğatişi sababli şifokorlar tomonidan bu tavsiya etilmaydi.

Antibiotiklar umuman mumkin emas