Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eng innovatsion kompaniyalar ro‘yxati e'lon qilindi
Foto: Getty Images
IFI Claims'ning yangi hisobotiga ko‘ra, 2017 yilgi patentlar soni bo‘yicha IBM - yetakchi. Yana bir yangilik — top-50 ro‘yxatiga birinchi bo‘lib Facebook kirdi, deb yozadi TechCrunch.
IBM 25 yildan buyon birinchi o‘rinni egallab kelmoqda. O‘tgan yili, IFI Claims ma'lumotlariga ko‘ra, unga 9043 Amerika patenti berildi - bu 2016 yildagiga nisbatan mingtaga va eng yaqin raqibi — Samsung Electronics patentlaridan 3 mingtaga ko‘pdir.
Eng innovatsion 10 kompaniya ro‘yxatida shuningdek Canon, Intel, LG Electronics, Qualcomm, Google, Microsoft, Taiwan Semiconductor Manufacturing Co (TSMC) va Samsung Display nomlari qayd etildi. Agar Samsung'ning barcha sho‘'ba va tobe' kompaniyalari hisobga olinsa (top-1000 ro‘yxatiga uch shunday kompaniya kiradi), u patentlar soni bo‘yicha IBM bilan deyarli tenglashadi.
Shubhasiz, patentlar har doim ham kompaniya daromadiga ta'sir ko‘rsatmaydi, zero barcha ilg‘or texnologiyalar ham bozorga chiqish imkoniga ega emas. Masalan, dunyoning eng badavlat kompaniyalaridan biri hisoblangan Apple hatto ilk o‘ntalikka ham kira olmagan, u 2229 patenti bilan 11-o‘rinda qayd etilgan. Amazon esa 13-pog‘onani egallagan.

Shuningdek, IFI Claims'da eng yaxshi patentlangan texnologiyalar har doim ham meynstrimga kirmasligi va venchur investorlar e'tiboriga sazovor bo‘lavermasligi qayd etilgan.
Masalan, 2017 yilda patentlar sonining eng ko‘p o‘sishi elektron sigaretlar bozorida ro‘y berdi - 45 foiz. Uning ketidan 3D-bosma kelgan bo‘lib, u asosan General Electric tomonidan ilgari suriladi. Nihoyat, uchinchi o‘rinda — sun'iy intellekt, mashina ta'limi va haydovchisiz transport vositalari. Yetakchi — IBM. Tezkorlik bilan o‘sayotgan boshqa texnologiyalar orasida havo dronlari va "fudtex"larni qayd etish mumkin.
Eng ko‘p patent ma'lumotlarni qayta ishlash va ularni uzatish sohasi bo‘yicha berilgan — 49 mingga yaqin. Bu sohaga DT ham, uskunalar ham kiradi. Bu yerda ham IBM yetakchi hisoblanadi.
Qolgan toifalar raqamli ma'lumotlarni uzatish, yarimo‘tkazgichlar, simsiz aloqa va grafik ma'lumotlarni uzatishni o‘z ichiga olgan.
Mavzuga oid
07:38 / 27.12.2025
Shaharlar kengayyapti: 2025 yilda eng yirik megapolislar reytingi
12:05 / 26.12.2025
Shavkat Mirziyoyev: iqtisodiyot texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkaziladi
07:30 / 24.12.2025
Reyting: internet foydalanuvchilari soni eng ko‘p bo‘lgan 20 ta mamlakat
12:54 / 10.12.2025