O‘zbekiston | 20:35 / 10.01.2018
35157
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev ma'ruza qilmoqda.

Prezident o‘z ma'ruzasida bugun mudofaa sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning qanchalik samara berishi armiya va xalqning birdamligiga bog‘liqligini ta'kidladi.

Shuningdek, qo‘shinlarni oziq-ovqat bilan ta'minlash bo‘yicha birinchi marta autsorsing tizimi joriy qilingani ma'lum qilindi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid