Kim Yon Se Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining faxriy maslahatchisiga aylandi
2018 yil 11 yanvarda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi binosida Koreya personalni rivojlantirish instituti prezidenti Kim Yon Sega Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining - Faxriy maslahatchisi maqomini berish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda ta'kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri inson resurslarini rivojlantirish bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirish bo‘lib, bugungi kunda Koreya va O‘zbekiston o‘rtasidagi Koreya Respublikasi Bandlik va mehnat vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan imzolangan ishchi migrantlarni bandlikka ko‘maklashish tizimi orqali Koreyaga jo‘natish borasidagi Anglashuv Memorandumini amalga oshirish ishlari davom ettirilmoqda. Mazkur Memorandumni samarali amalga oshirilishi natijasida 2007 yildan to bugungi kungacha O‘zbekiston Respublikasining 27 mingdan ziyod fuqarosi Koreyada mehnat faoliyatini amalga oshirdi. Ayni paytda, Koreyada 17 mingdan ziyod ishchilar mehnat qilmoqda.
Vazirlik rahbariyatining ta'kidlashicha, mehnat migratsiyasini tashkil etish sohasidagi mavjud tajriba va amaliy ko‘nikmalarni hisobga olgan holda, shuningdek, O‘zbekistonlik ishchi kuchlarini jalb etish bo‘yicha koreyalik ish beruvchilar bilan o‘zaro hamkorlik maqsadlarida Koreya personalni rivojlantirish instituti prezidenti Kim Yon Sega Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining - Faxriy maslahatchisi maqomini berildi.
Bu O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini bandlikka ko‘maklashish tizimi orqali Koreyaga yo‘llash jarayoni samaradorligini oshirish va shu bilan tashqi migratsiya sohasidagi hamkorlik natijasida ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash imkonini beradi.
Mavzuga oid
07:50 / 02.11.2024
Bandlik vazirligi ishsizlik darajasi kamayganini ma’lum qildi
07:50 / 25.10.2024
O‘zini o‘zi band qilgan taksichilar soni ikki baravar oshdi
20:33 / 17.06.2024
XVF hukumatlarni sun’iy intellektning xavfliligi haqida ogohlantirdi
10:42 / 02.06.2024