Jahon | 12:39 / 12.01.2018
12704
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh yangi «qora ro‘yxat» tayyorlamoqda, Kremlga juda yaqin shaxslar joy oladi

Foto: Reuters

Oq uy kongress uchun «Kreml hisoboti»ni tayyorlashda davom etmoqda, unda Rossiya oliy rahbariyatiga yaqin bo‘lgan yuqori mansabli amaldorlar va tadbirkorlar ro‘yxati bo‘ladi. Bu haqda «Kommersant'» nashri Vashingtondagi manbalarga asosan xabar qilmoqda.

Bunday ro‘yxat «AQSh raqiblariga sanksiyalar yordamida kurashish to‘g‘risida»gi (CAATSA) qonunga muvofiq ishlab chiqilmoqda.

«'»ning AQSh davlat organlaridagi manbalari taxminicha, ro‘yxatdan 50 dan ortiq odam, oila a'zolari bilan esa (CAATSA talab qilayotgandek) – 300 ga yaqin kishi joy olishi mumkin. Manbalar hujjat ustida ishlamagan, biroq Rossiyaga nisbatan siyosatni amalga oshirishga aloqadordir», - deya yozadi nashr.

Manbalar bu boradagi aniq ismlarni hozircha ochiqlamagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid