Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy Osiyo davlatlaridan birida «S5+1» formatidagi yig‘ilish o‘tkaziladi
Amerika Qo‘shma shtatlari Markaziy Osiyoning 5 davlati va AQSh Davlat departamenti kotibi ishtirokida «S5+1» formatidagi yig‘ilish o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu yig‘ilish Markaziy Osiyodagi davlatlardan birida o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda AQShning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Elis Uells telefon brifingi vaqtida ma'lum qildi.
«Biz «S5+1» formatidagi hamkorlikni samarali deb bilamiz. Bunday yig‘ilish avvalgi prezident ma'muriyati tomonidan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsada, uni janob Tramp qo‘llab-quvvatlaydi. Bizning davlat kotibimiz Nyu-Yorkda «S5+1» doirasidagi hamkorlari bilan uchrashgandi. Kelgusida ham Markaziy Osiyo hududida shunday uchrashuv o‘tkaziladi. Biz bu loyihani qo‘llab-quvvatlash uchun Kongressdan 15 million dollar mablag‘ olganmiz», degan Uells.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Markaziy Osiyo «umumiy muammolarni hal qilish uchun birlashishi»dan xursand bo‘ladi.
Mavzuga oid
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
08:40 / 09.07.2026
JSST Markaziy Osiyoni jazirama xavfidan ogohlantirdi
18:06 / 08.07.2026
Yevropa va Markaziy Osiyoda jazirama issiqning yangi to‘lqinlari kutilmoqda - JSST
19:35 / 05.07.2026