Yana matematika. O‘zbekiston keyingi bosqichga qur'a yordamida chiqishi mumkin
23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida guruhimizda 2 turdan keyin paydo bo‘lib qolgan vaziyat ko‘pchilikni chalkashtirgani tabiiy. Guruh o‘yinlari natijasiga ko‘ra, pley-off yo‘llanmasi sohibi hatto sariq va qizil kartochkalar soniga qarab ham aniqlanishi mumkin.
Bunday holat agar, Xitoy Qatarni, biz esa, Ummonni bir xil - 1:0 hisobida yutsak, sodir bo‘ladi. Guruhdagi uch jamoa bir xil - 6 ochkoga ega bo‘ladi va guruh g‘oliblarini aniqlash uchun, avvalo, mana shu uch jamoa o‘rtasidagi o‘zaro o‘yinlar natijasiga qaraladi. O‘z-o‘zidan Ummon bilan natijalar ayrilib tashalganda, qo‘yidagi holat yuzaga keladi.
Xitoy 2 1 0 1 1-1 3
O‘zbekiston 2 1 0 1 1-1 3
Qatar 2 1 0 1 1-1 3
Demak, o‘zaro o‘yinlar natijasi yordamida kuchlilarni aniqlashning imkoni bo‘lmadi. U holda reglamentga ko‘ra, guruhdagi barcha o‘yinlardagi to‘plar nisbati inobatga olinadi. Ummonni 3-0 hisobida yutgan Xitoy guruhdagi birinchi o‘rinni egallaydi.
O‘zbekiston va Qatarda esa, u taqqosdan keyin ham teng ko‘rsatkichga ega bo‘lib qolaveradilar.
Mana shu yerda, ko‘pchilikning chalg‘ituvchi bir jihat bor. Ba'zilar, Qatar o‘zaro o‘yinda O‘zbekistonni yengganini inobatga olib, bu holatda 2-o‘rin arablarga tegishini taxmin qilishi mumkin. Lekin unday emas.
Ochkolar teng bo‘lib qolganda, reglament bo‘yicha qo‘yidagi bandlar navbati bilan ishlaydi:
Ikki va undan ortiq jamoalar ochkosi teng bo‘lib qolganda,
- jamoalarning o‘zaro o‘yinlarida qo‘lga kiritilgan ochkolar
- o‘zaro o‘yinlardagi to‘plar nisbati
- o‘zaro o‘yinlarda kiritilgan gollar soni
- yuqoridagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham yana ba'zi jamoalar teng bo‘lib qolsa, endi o‘sha tenglikni saqlab qolgan jamoalar ichida boshqatdan o‘zaro solishtirish amalga oshiriladi.
Tenglik yana saqlanib qolinsa,
- guruhdagi barcha o‘yinlardagi to‘plar nisbati
- guruhdagi barcha o‘yinlarda kiritilgan gollar soni
- agar tenglik saqlanayotgan jamoalar so‘nggi turda bir maydonda bo‘lsalar, penaltilar seriyasi
- qizil va sariq kartochkalar
- qur'a
O‘zaro o‘yinlar yuqorida jadvali keltirilgan pallada solishtirildi va o‘sha banddan so‘ng ham uch jamoa tengligicha qolgan edi. Agar o‘sha solishtiruvda, jamoalardan biri ustun yoki past bo‘lib qolganida, qolgan ikki jamoani alohida yana o‘zaro o‘yinlarda solishtirish mumkin bo‘lardi.
(masalan, agar Xitoy Qatarni 2:1 yutsa ham uch jamoa teng ochko bo‘lib qoladi. To‘plar nisbati Xitoy va Qatarda 2:2, O‘zbekistonda 1:1 bo‘ladi va O‘zbekistonning uchinchi o‘rinni olishi aniq bo‘ladi. Guruh g‘olibini aniqlash uchun esa, endi Qatar va Xitoy alohida o‘zaro o‘yini bo‘yicha taqqoslanib, Xitoy guruhda birinchi bo‘ladi)
Ammo bizning vaziyatda guruhdagi umumiy to‘plar nisbati bandiga o‘tib bo‘lindi va endi orqadagi bandlarga qaytilmaydi. Guruhdagi umumiy to‘plar nisbati bo‘yicha, Qatar va O‘zbekiston yana teng natija qayd etmoqdalar. Keyingi bandda jamoalarning sariq va qizil kartochkalari soniga qarab solishtiriladi.
Har bir sariq kartochka uchun 1 ball, ikki sariq kartochka natijasida olingan qizil kartochkaga 3 ball, sariq kartochkadan keyin olingan to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochkaga 4 balldan hisoblanib, kichik ball qo‘lga kiritgan jamoa yuqori o‘rinni egallaydi.
Qatar va O‘zbekiston yakunda bir xil ko‘rsatkichlarga ega bo‘lib qolishini nazarda tutsak, bu jamoalar qo‘lga kiritgan kartochkalarga ham qarab qo‘yish mumkin. Bu borada ham hozir tenglik - 3-3.
Agar bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham tenglik bo‘lib qolsa, qur'a tashlanadi.
Mavzuga oid
07:46 / 17.05.2024
«Penaltini urolmaganidan keyin 3 kun uxlolmay chiqdim» - Prezident O‘zbekiston U-23 jamoasi haqida
19:16 / 02.05.2024
Ispaniyami yoki Isroilga qarshi revansh? O‘zbekistonning Parij-2024dagi ehtimoliy raqiblari haqida
10:17 / 17.04.2024
O‘zbekiston U-23 jamoasining Osiyo Kubogi uchun yakuniy tarkibi e’lon qilindi - Fayzullayev va Husanov bor
16:10 / 23.11.2023