Qozog‘istonda bir yoshli bola onasining aybi bilan ko‘zi ojizga aylandi
Qozog‘istonning Aqto‘be shahrida bir yoshli bola butunlay ko‘ra olmaydigan bo‘lib qoldi. Rivojlanib borayotgan kasallikni davolash mumkin edi, ammo onasining aybi bilan yo‘qotilgan vaqt, uning umrbod ko‘ra olmasligiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Astana TV telekanali xabar qilmoqda.
Tibbiy ekspertiza xulosalariga ko‘ra, ko‘zi ojizlikka kasallikning o‘z vaqtida davolanmaganligi, 4 farzandni mustaqil tarbiyalayotgan onaning e'tiborsizligi sabab bo‘lgan. Endilikda ayol 4 farzandiga nisbatan onalik huquqidan mahrum etilgan. U, shuningdek sog‘liqqa og‘ir zarar yetkazishda ayblangan. "Tahlillar bola kon'yunktivit sababli ko‘zi ojizga aylanganini tasdiqladi. Jinoyat tarkibi bo‘lmagani sababli jinoiy ish to‘xtatildi", - degan Aqto‘be oblasti IID matbuot xizmati rahbari Yerbolat Sarkulov.
Ayni vaqtda bir yoshli bola chaqaloqlar mehribonlik uyida tarbiyalanmoqda. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, u yoshiga muvofiq rivojlanmoqda. Biroq uning ko‘rish qobiliyatini endi tiklab bo‘lmaydi. "Uning ikki ko‘zini oq parda qoplagan. Hozirda nogironlikka tayyorlanmoqda. U shifokorlar nazoratida", - degan Aqto‘be bolalar uyi bosh shifokori Qodirbek Imonboyev.
Onaning boshqa 3 farzandi voyaga yetmaganlar uchun moslashuv uyida tarbiyalanmoqda.
Mavzuga oid
15:25 / 14.11.2024
Qozog‘istonda Kaspiy dengizi sohilidan mingdan ortiq o‘lik tyulenlar topildi
21:23 / 13.11.2024
Dunyodagi zararli chiqindilarning bor-yo‘g‘i 1 foizi Markaziy Osiyo mamlakatlariga to‘g‘ri keladi – To‘qayev
15:30 / 13.11.2024
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
09:40 / 12.11.2024