Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2050 yilga kelib Qozog‘istondagi energiyaning 50 foizini tiklanuvchi energiya manbalari tashkil qiladi
Qozog‘istonning “yashil” iqtisodiyotga o‘tishi konsepsiyasi doirasida mamlakat energiya balansida tiklanuvchi energiyan manbalari (TEM) ulushini 2020 yilgacha hozirgi 1 foizdan 3 foizgacha, 2030 yilgacha 10 foizgacha va 2050 yilgacha 50 foizgacha oshirish rejalashtirilgan.
Bu haqda Tiklanuvchi energiya manbalari Xalqaro agentligining 8-sessiyasida Qozog‘iston energetika vaziri Kanat Bo‘zumbayev ma'lum qildi.
Vazirning aytishicha, 2009 yilda qabul qilingan, Qozog‘istonda TEMni qo‘llab-quvvatlash mexanizmi TEM bozorini ishga tushirishga va umumiy quvvati 335,7 megavattni tashkil qiluvchi 55 ta loyihani amalga oshirishga imkon bergan.
Sessiya vaqtida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va Fransiyaning “URBASOLAR” kompaniyasi bilan Janubiy Qozog‘iston viloyatidagi Arisi shahrida “Zadariya” quyosh elektr stansiyasini (14 megavatt) qurish loyihasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuv imzolangan.
Mavzuga oid
17:44 / 02.10.2025
Telegram Qozog‘istonda ofisini ochdi
10:00 / 30.09.2025
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonning yangi tashqi ishlar vazirini tabrikladi
23:09 / 29.09.2025
“Raqobat kayfiyati integratsiyaga soya soladi” - ekspertlar qozoq mediasi haqida
15:20 / 29.09.2025