Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh harbiy delegatsiyasi O‘zbekiston Qurolli kuchlari akademiyasida
15-19 yanvar kunlari AQSh harbiy delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari akademiyasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida AQShning quruqlikda qo‘shinlari Qo‘mondonlik-shtab kolleji o‘qituvchisi Gregori Kuk tomonidan trening mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, AQSh harbiy treneri Gregori Kuk mamlakatimiz Qurolli kuchlari akademiyasi hamda Respublikadagi oliy harbiy ta'lim muassasalari professor-o‘qituvchilari uchun "Yetakchilarni rivojlantirish va tashkil qilish", "Tashkiliy rahbariyatining axloqiy jihatlari", "Tashkiliy vakolat va ta'sir etish", "O‘zgarish jarayonida boshqaruv tashkilotlari" kabi mavzularda nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazdi.
Ushbu tashrif doirasida amerikalik delegatsiya a'zolari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari akademiyasi hayoti, shart-sharoitlari bilan ham yaqindan tanishib kelmoqda.


Mavzuga oid
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
23:22 / 05.07.2026
Oq uy FIFAdan Balogunning diskvalifikatsiyasini bekor qilishni so‘radi – OAV
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026