Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2017 yili O‘zbekistonda nikoh qurgan ayollarning har beshtadan bittasi 20 yoshdan kichik bo‘lgan
2017 yil O‘zbekistonda FHDYo organlari tomonidan 306,0 mingta nikoh qayd etilgan bo‘lib, respublika bo‘yicha 1000 aholiga nisbatan nikoh tuzish koeffitsiyenti 9,4 promilleni tashkil etmoqda. Bu haqda Davlat Statistika qo‘mitasi xabar beradi.
Ma'lum qilinishicha, tuzilgan nikohlar soni 2016 yilga nisbatan yuqori o‘sish sur'atlari Surxondaryo (126,6 foiz), Jizzax va Namangan (115,9 foiz), Samarqand (112,3 foiz) hamda Qashqadaryo (111,2 foiz) viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.
2017 yilda jami nikoh qurgan ayollarning 21,6 foizi 20 yoshgacha bo‘lib, 70,2 foizi esa 20-29 yoshlilarga, qolgan 8,2 foizi 30 yoshdan katta yoshdagilarga to‘g‘ri kelgan. Shu tasnifda erkaklarning 0,9 foizi 20 yoshgacha, 83,5 foizi 20-29 yoshlilarga va 15,6 foizi 30 yosh hamda undan katta davrda nikoh qurgan.
2017 yilda FHDYo organlari tomonidan 31,9 mingta nikohdan ajralishlar qayd etilgan bo‘lib, 1000 aholiga nisbatan nikohdan ajralish koeffitsiyenti 1,0 promilleni tashkil etdi.
Ajrimlar soni 2016 yilga nisbatan yuqori o‘sish sur'atlari Surxondaryo (128,6 foiz), Jizzax va Sirdaryo (122,2 foiz) Samarqand (121,2 foiz), Namangan ( 119,0 foiz ) viloyatlariga va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga (118,2 foiz) to‘g‘ri kelmoqda.
Mavzuga oid
08:19 / 28.04.2026
O‘zbekistonda har ming oiladan 175 tasi ajrashadi – tadqiqot
10:21 / 30.01.2026
Samarqand yetakchi: 2025 yilda nikohlar soni 267 mingdan oshdi
21:28 / 28.01.2026
O‘zbekistonda nikohdan ajrashish holatlari oshdi
14:25 / 06.01.2026