2025 yil holatiga köra, Özbekistonda nikoh barqarorligi koeffitsiyenti 175,6 promilleni taşkil etdi. Bu 1000 ta nikohga örtaça 175 ta ajrim töğri kelişini anglatadi.

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tahlillariga köra, mazkur körsatkiç xalqaro miqyosda past bölib, Özbekistondagi ajrimlar darajasi köplab boşqa davlatlarga nisbatan «ança kam ekanini» körsatadi.

Xususan, nikoh barqarorligi koeffitsiyenti Moldovada – 642,7, Ozarboyjonda – 431,9, Qozoğistonda – 328,2, Qirğizistonda esa – 289,6 promilleni taşkil etadi.

“Tahlillardan körinadiki, Özbekistonda ajrimlar darajasi xalqaro körsatkiçlarga nisbatan ança past bölib, bu jamiyatda oilaviy qadriyatlar ustuvor ekanini va nikohlar barqarorligini körsatadi”, deyiladi xulosada.

Oila va gender instituti tayyorlagan nikoh barqarorligi haritasi

Hududlar kesimida tahlil qilinganda, Qaşqadaryo, Xorazm va Surxondaryo viloyatlarida nikoh barqarorligi yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Toşkent şahri, Sirdaryo va Toşkent viloyatida esa ajrimlar nisbatan yuqoriroq ekani kuzatilmoqda.