Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubaylik politsiyachi kvadrosiklning orqa g‘ildiraklarida yurish bo‘yicha rekord o‘rnatdi
Dubay politsiyasi zobiti Abdulloh Gollandi kvadrosiklning orqa g‘ildiraklarida yurish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi. U bir soat davomida 60 km yo‘l bosib o‘tdi va o‘z nomini Ginness rekordlar kitobiga kiritdi.
Gollandi rekord natijani o‘rnatish vaqtida kvadrosiklni 60-80 km/tezlik bilan boshqargan.
Ushbu rekord Dubay motofestivali o‘tkazilishi vaqtida 12 yanvarda qayd qilingan. Politsiyachiga Dubay atrofidagi Gangut tumanidan festival o‘tgan Dubay xalqaro savdo markazigacha yo‘l bosishi vaqtida politsiya konvoyi hamrohlik qilgan.
Ta'kidlash joizki, Gollandi Dubay politsiyasi akrobatik jamoasi a'zosi hisoblanadi va sport olamida o‘z yutuqlari bilan nom chiqargan.
Avvalgi rekord natija kanadalik Lukas Envudga tegishli bo‘lgan: u 2015 yil 19 sentabrda kvadrosiklning orqa g‘ildiraklarida 50 km masofa bosib o‘tgan.
Mavzuga oid
17:24 / 21.05.2026
Dubayga olib ketilayotgan qariyb 2 kg oltin to‘xtatib qolindi
14:13 / 04.05.2026
Dubayda ko‘chmas mulk orqali yashash uchun ruxsatnoma olishdagi minimal investitsiya miqdori bekor qilindi
19:38 / 02.05.2026
BAA havo hududini to‘liq ochganini e’lon qildi
23:48 / 27.04.2026