Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariyada dunyodagi eng yaxshi issiqlik saqlovchi g‘isht yaratildi
Shveytsariyaning Empa tadqiqot instituti muhandislari bugungi kunda eng yaxshi issiqlik saqlovchi g‘ishtlar yaratishdi. Ular g‘ishtni aerogel bilan to‘ldirishgan.
Aerogellar gelning suyuq komponenti gazsimoniga almashtirilgan turidir. Ular juda yengil bo‘lishidan tashqari, juda yuqori issiqlik saqlovchi sifatlarga ega.
Empa’da faoliyat yurituvchi Yannis Verneri va uning hamkasblari g‘ishtlardagi teshiklarni oson to‘ldiruvchi aerogel ishlab chiqishdi.
Bu “aerog‘ishtlar”ga nisbatan perlit to‘ldirgichli izolyatsiyaga ega shunday struktura va qalinlikdagi g‘ishtlar issiqlikni 30 foiz yomonroq saqlaydi. Bu esa aerog‘ishtdan o‘shanday issiqlik saqlovchi sifatlar saqlanib qolgan holda devorlarni 35 foizga ensizroq qilib qurish mumkinligini anglatadi.
Aerog‘ishtlar izolyatsiyaga ega bo‘lmagan g‘ishtlar bilan solishtirilganda farq yanada yaqqolroq bo‘ldi. Empa hisob-kitoblariga ko‘ra, bu g‘ishtlardan aerog‘ishtlardan qurilgan 20 sm lik devorchalik sovuqdan yaxshi saqlaydigan devorni qurish uchun devorning eni 2 metr bo‘lishi kerak.
Afsuski, bu aerog‘ishtlarning “minus” tomoni ham bor: hozirda bu turdagi g‘ishtlarda qo‘llanuvchi aerogel anchagina qimmat turadi: bunday g‘ishtdan quriladigan devorning bir kvadrat metri oddiy g‘ishtdan quriladigan devornikidan 520 dollar qimmatroq tushadi. Verneri texnologik taraqqiyot ushbu material narxining tushishiga imkon berishiga umid qilmoqda va o‘shanda aerog‘ishtlar izolyatsiyalovchi qatlamlar o‘rnini bemalol bosa oladi.