Bugungi kunda Özbekistonda keng qamrovli qurilish va bunyodkorlik işlari amalga oşirilmoqda. Bu öz navbatida, qurilish sohasida faoliyat olib borayotgan taşkilotlar zimmasiga katta mas'uliyat yuklaydi.
Ana şu mas'uliyatni his etib işlayotganlar Özbekiston obodligiga özlarining munosib hissalarini qöşiş barobarida, xalqning minnatdorçiliklariga ham sababçi bölişmoqda. Afsuski, bu sohada ham öz nafsini jilovlay olmaydiganlar uçrab turibdi.
Qurilişi biznesida “aylanadigan” katta miqdordagi pullar ayrim nopok kimsalarning paytavasiga qurt tuşirişi ehtimoldan xoli emas. Ayniqsa, davlat tomonidan moliyalaştiriladigan obektlar xususida gap ketganda...
“Huquq” gazetasining yozişiça, jinoyat işlari böyiça Piskent tumani sudida tört nafar “uçarlar” – “Qishloq Qurilish Invest” MÇJ injiring kompaniyasi Toşkent viloyat filiali Loyiha-qidiruv işlari va qurilişni texnik nazorat qiliş bölimi mutaxassislari Mansur Ramazonov (ism-familiyalar özgartirilgan) va Akbar Halimov, “Zamin Böka Fayz” MÇJ rahbari Inom Mallayev hamda “Böka Qurilish Invest” MÇJ rahbari Qosim Ibodovning jinoiy xatti-harakatlari yuzasidan qözğatilgan jinoyat işi körib çiqildi.
Bir guruhga birlaşib olgan bu kimsalar fuqarolar uçun qurilayotgan namunali uylarning hujjatlariga soxta ma'lumotlar kiritib, katta-katta mablağlarni özlaştirib kelganliklari foş etilgan. Xususan, jinoiy guruh a'zolari dastlab Piskent tumanida qurilgan 11 ta namunali loyihadagi uy-joy qurilişi böyiça bajarilgan işlar qiymati töğrisidagi ma'lumotnomalarga soxta yozuvlar kiritib, aslida bajarilmagan 60 mln 322 ming sömlik qurilish işlarini qöşib yozib, “Qishloq Qurilish Invest” MÇJ injiring kompaniyasi Toşkent viloyat filialiga taqdim etişadi va uşbu pul mablağlarini özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qilişadi.
Işlari silliqqina amalga oşgan ustomonlar mazkur tumanning boşqa hududida qurilgan yana 11 ta namunali uy-joy qurilişida ham avvalgidek, soxtakorlik qilişadi. Bu safar 69 mln 312 ming söm mablağ talon-toroj qilinadi.
Törtovlonning işi yurişib, navbatdagi “ov” boşqa tumanda baroridan keladi. Ular Ohangaron tumanida qurilgan 5 ta namunaviy uylarni egalariga topşirişda ham şunday usulni qöllaşadi. Natijada 38 mln 880 ming söm mablağ özlaştiriladi.
Nafsi tobora hakalak otib borayotgan bu kimsalar yana 4 ta holatda şu yöl bilan soxtakorlik qilib, 366 mln 700 ming sömdan ortiq mablağlarni talon-toroj qilib yuborişadi.
Maxsus tekşirişlar mobaynida uylarni quriş va ta'mirlaş işlari körsatilgan tartib asosida töla-tökis, mukammal, vijdonan bajarilmagani aniqlangan.











