Sport | 22:20 / 18.01.2018
12846
1 daqiqa o‘qiladi

Messi haqida 40 soatli hujjatli film suratga olinadi

Foto: Getty Images

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi haqida hujjatli film suratga olinadi, deb xabar beradi Sport.es.

Argentinalik yulduzning hayoti va faoliyatini yorituvchi film ustida History Channel telekanali ish olib boradi. Uning uzunligi 40 soatga yaqin bo‘ladi. Film JCh-2018 arafasida ekranlarga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, ikki yil oldin «Oltin to‘p»ning 5 karra sohibi haqida «Messi» degan hujjatli film suratga olingan edi.

Маъруфжон Асқаров
Tayyorlagan Маъруфжон Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid