Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda zimbabvelik siyosatchi bo‘lgan vertolyot falokatga uchradi
AQShning Xyuston shahrida zimbabvelik siyosatchilar bo‘lgan vertolyot falokatga uchradi. Falokat oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, ular orasida Zimbabve muxolifatining vakili Roy Bennett va uning rafiqasi Eylin bo‘lgan. Bu haqda Nyu-Meksiko politsiyasi ma'lum qildi.
Vertolyot bortida 6 kishi bo‘lgan. Bir kishi jarohatlar bilan omon qolgan. Voqea joyiga tafsilotlarni aniqlashtirish uchun aviatsiya federal boshqarmasi vakillari yo‘l olganlar.
Falokat 17 yanvarda tog‘li hududda yuz bergan, biroq vertolyotni 18 yanvarda topishga muvaffaq bo‘lingan. Bu Huey xususiy vertolyoti bo‘lgan.
Voqea sabablari o‘rnatilmagan.
KOB 4 telekanali ma'lumotlariga ko‘ra, vertolyot Bennettning do‘stlaridan birining ranchosiga yo‘nalayotgan bo‘lgan. Halok bo‘lganlardan biri – ikkinchi uchuvchi Pol Kobb zimbabvelik siyosatchining yaqin do‘sti bo‘lgan. Uning qizi Andra Kobb omon qolgan.
Bennett Zimbabvedagi “Demokratik o‘zgarishlar harakati” muxolif partiyasining g‘aznachisi bo‘lgan.