O‘zbekiston | 22:40 / 19.01.2018
10865
2 daqiqa o‘qiladi

"Urganch ekskavator"ning 51 foiz aksiyasi xorijiy investorga o‘tadi

Foto: screenshot

2018 yilning 18 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti iqtisodiyotni tezkor rivojlantirish va Xorazm viloyatining investitsion jozibadorligini oshirish, xorijiy investorlarni meliorativ va yo‘l-qurilish texnikasini ishlab chiqarish va ta'mirlash maqsadida "Urganch ekskavator" aksiyadorlik jamiyati faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida"gi PP-3481-sonli qarorni imzoladi.

Qarorga muvofiq:

  • O‘zbekiston Prezidentining 2016 yil 10 fevraldagi P-4613 sonli "Toshkent shahridagi Xalqaro investitsion forum davomida "O‘zbekiston havo yo‘llari" AJ va "Xuzhou Construction Machinery Co.Ltd"" (XXR) (bundan keyin - xorijiy investor) o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq, 2016 yilning 28 iyunida "Urganch ekskavator" AJ aksiyalarining 51 foizini xorijiy investorga berish to‘g‘risidagi oraliq shartnoma imzolandi;
  • Imzolangan oraliq kelishuviga asosan xorijiy investor olti oy davomida investitsiya kiritish majburiyatini olgan. Mazkur investitsiyalar texnologik jihozlar, asbob-uskunalar zamonaviy yig‘ish liniyasi va nomoddiy mol-mulk shaklida bo‘ladi;
  • Jamiyatning ustav kapitali qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yo‘li orqali oshirilishi mumkin.

"Urganch ekskavator"ning yagona aksiyadori hisoblangan "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tomonidan xorijiy investor ulushini 51 foizga oshirish uchun qo‘shimcha aksiyalar ishlab chiqarish orqali "Urganch ekskavator" AJ ustav kapitalini oshirishga doir qaror qabul qilindi.

Ustav fond ulushlari quyidagi tartibda taqsimlanadi:

  • Xorijiy investor - 51 foiz;
  • "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ - 49 foiz.

Qarorning to‘liq matni bilan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi saytida tanishishingiz mumkin.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid