Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 avgustdagi 610-sonli qaroriga asosan 2018 yil 1 yanvardan boşlab malaka sertifikatiga ega bölgan talabgorlarga sertifikatni olgandan boşlab 3 yilgaça amalda böladigan imtiyozlarni beriş tartibi joriy etiladi. Bu haqda DTM Çet tillarini biliş va egallaş darajasini baholaş boşqarmasi xabar bergan.

Ma'lum qilinişiça, örnatilgan tartibga köra, uç yilgaça amalda böladigan imtiyozlar quyidagilardan iborat:

- çet tilini biliş darajasi töğrisida davlat namunasidagi A2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatiga ega bölgan umumiy örta ta'lim muassasalari bitiruvçilari örta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalariga öqişga kirişda saralaş test sinovlari röyxatiga kiritilgan çet tili (ingliz, nemis, fransuz) fani böyiça test sinovidan ozod etiladi va ularga çet tili fanidan maksimal ball beriladi;

- çet tilini biliş darajasi töğrisida davlat namunasidagi B1 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatiga ega bölgan abituriyentlar oliy ta'lim muassasalari bakalavriat yönalişlariga öqişga kirişda test sinovlari majmuasiga kiritilgan çet tili (ingliz, nemis, fransuz) fani böyiça test sinovidan ozod etiladi va ularga çet tili fanidan maksimal ball beriladi;

- çet tilini biliş darajasi töğrisida davlat namunasidagi B2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatiga ega bölgan abituriyentlar oliy ta'lim muassasalarining magistraturasiga kirişda test sinovlari majmuasiga kiritilgan çet tili (ingliz, nemis, fransuz) fani böyiça test sinovidan ozod etiladi va ularga çet tili fanidan maksimal ball beriladi;

- çet tilini biliş darajasi töğrisida davlat namunasidagi B2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatiga ega bölgan umumiy örta, örta-maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari pedagoglari attestatsiya jarayonida malaka sinovi uçun belgilangan maksimal ball bilan baholanadi va test sinovidan ozod etiladi.

Eslatib ötamiz, hozirgi kunda çet tilini egallaş va biliş darajasini baholaş uçun joylarda talabgorlar sonidan kelib çiqqan holda guruhlarni taşkillaştiriş, viloyatlarda test sinovlarini taşkil qiliş, topşiriq şakllari va test sinovlarini ötkaziş bilan boğliq boşqa taşkiliy masalalarga doir muhokama jarayoni ketmoqda.