Nizom davlat bojxona xizmati organlari tomonidan jismoniy va yuridik şaxslarga şartnoma asosida yoki interaktiv xizmatlar orqali elektron şaklda pullik xizmatlar körsatiş tartibini belgilaydi.

Bojxona organlari tuzilmalari tomonidan körsatiladigan pulli xizmatlar buyurtmaçi uçun ixtiyoriy hisoblanadi.

Bunda, bojxona organlari tuzilmalari tomonidan pulli xizmatlar böyiça qilingan murojaatni körib çiqilişini rad etişga yöl qöyilmaydi.

Buyurtmaçi pulli xizmat körsatişni sörab, öz ixtiyoriga köra istalgan bojxona organlari tuzilmalariga yozma yoki Bojxona qömitasining rasmiy veb-sayti orqali elektron tarzda murojaat qiladi.

Jismoniy şaxslar Milliy kinologiya markaziga oğzaki tarzda murojaat qilişlari mumkin, bunda uşbu markaz tomonidan murojaatlarning hisobi alohida tartibda yuritiladi.

Veb-sayt orqali murojaat qilinganda, uşbu murojaat Bojxona qömitasining Yagona avtomatlaştirilgan axborot tizimiga avtomatik ravişda kelib tuşadi.

Yozma şaklda taqdim etilgan murojaat kelib tuşgan kundan keçiktirmay Bojxona qömitasining mas’ul xodimi tomonidan YaATga kiritiladi.

Murojaat YaATda kelib tuşgan kunning özida elektron tarzda röyxatdan ötkaziladi.

Murojaat kelib tuşgan kundan boşlab uç iş kuni içida tegişli bojxona organlari tuzilmasi xodimi tomonidan körib çiqiladi va körib çiqiş natijasi böyiça murojaat qabul qilinadi yoki rad etiladi.

Bojxona organlari tuzilmalari tomonidan murojaatdagi ma’lumotlarning töğri va töliq emasligi aniqlanganda, murojaat rad etiladi hamda bir iş kuni içida bu haqda buyurtmaçiga rad etiş sabablari körsatilgan holda, javob xati yuboriladi.

Buyurtmaçi murojaat rad etilişiga asos bölgan sabablarni bartaraf etgan holda, takroran murojaat qilişi mumkin. Takroran kiritilgan murojaat uşbu nizomga muvofiq umumiy asoslarda körib çiqiladi.

Murojaat pulli xizmat körsatiş uçun qabul qilinganda, bir iş kuni içida buyurtmaçi va tegişli bojxona organlari tuzilmasi örtasida şartnoma tuziladi (bundan oğzaki tarzda qilingan murojaatlar mustasno) hamda buyurtmaçiga pulli xizmat körsatiş boşlanadi.

Pulli xizmat uçun tölovlarni va xizmat körsatişni amalga oşiriş tartiblari, muddatlari hamda boşqa şartlari şartnomada belgilanadi.