O‘zbekiston | 12:03 / 20.01.2018
65044
1 daqiqa o‘qiladi

Aqto‘be fojiasida tirik qolgan ikki nafar o‘zbekistonlik yo‘lovchi tergovga jalb etiladi

Qozog‘iston Respublikasi Aqto‘be viloyatida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirokida yuz bergan mudhish voqeada ikki nafar tirik qolgan o‘zbekistonlik yo‘lovchi Qozog‘iston Respublikasida qolgan. 

Ma'lum qilinishicha, ular Aqto‘be shahrida Qozog‘istonning vakolatli organlari tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi munosabati bilan o‘tkazilayotgan tergov tadbirlarida ishtirok etadi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik boshqarmasi ma'lumotida shunday deyilgan.
Bundan avval, 20-yanvarga o‘tar kechasi O‘zbekiston Prezidenti qaroriga binoan Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida 18-yanvar kuni yuz bergan hodisa natijasida halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining jasadlari Toshkent shahriga maxsus samolyotda keltirildi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan hozirgacha 49 kishining shaxsini aniqlagani haqida xabar berilgandi.

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid