Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyalik sanitar 97 bemorni o‘ldirishda ayblanmoqda
Foto: Getty images
Avval umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan, Germaniya shifoxonasida faoliyat yuritgan sobiq sanitarga yangi ayblovlar qo‘yildi. Endi tibbiyot xodimiga 97 qotillik uchun mas'uliyat yuklanadi. Bu haqida dushanba kuni Oldenburg shahri prokuraturasi xabar berdi.
Ayblovga ko‘ra, erkak bemorlarga qasddan tibbiy preparatlarning halokatli dozalarini yo‘llagan. Shundan so‘ng u bemorlarni jonlantirishga uringan. Bunga "hamkasblari va rahbariyatga o‘z ko‘nikmalarini namoyish qilish" istagi sabab bo‘lgan, deyiladi huquq-tartibot idorasi xabarida. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu xatti-harakatlar davomida Delmenxorst klinikasida 62 kishi halok bo‘lgan.
Dastavval sobiq sanitar Nils X. 2008 yilda birovning hayotiga suiqasd qilishda ayblanib, 7 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi. Keyinchalik psixolog bilan shaxsiy suhbatlarda u o‘z xatti-harakatlari natijasida bir necha bemor halok bo‘lganiga iqror bo‘lgan va aynan shu suhbat ishning qayta ochilishiga sabab bo‘lgan. 2015 yilning fevralida unga ikki kishining o‘limi uchun umrbod qamoq jazosi belgilangan.
2016 yilning iyunida Nils X. kamida 33 kishining o‘limiga aloqadorlikda ayblanayotgani ma'lum bo‘ldi. 2017 yilning 28 avgustida bu raqamlar 84 kishigacha oshirildi, endi esa uning xatti-harakatlari natijasida hayotdan ko‘z yumganlar soni 97 nafarni tashkil qilmoqda.
Mavzuga oid
16:09 / 05.02.2026
Germaniya maxsus xizmati: RFning harbiy xarajatlari e’lon qilinganidan 66 foizga yuqori
12:26 / 05.02.2026
2024 yilda Germaniyaga yangi migrantlar oqimi 12 foizga kamaydi
10:55 / 05.02.2026
Germaniyada migrantlarni til kurslariga qabul qilish vaqtincha to‘xtatildi
10:29 / 05.02.2026