Fuqarolarning saylovlarda qanday ovoz berişi, qatnaşişi aholi hayoti sifati bilan töğridan-töğri boğliq. Bu haqda Gallup kompaniyasining «Bugun baxt bizga ertangi dunyo haqida nima demoqda?» nomli yangi hisobotida aytiladi.
«Sizlar hozir özingizni 4 yil avvalgidan yaxşiroq his qilayapsizmi?», - AQŞning 40-prezidenti Ronald Reygan 1980 yilgi prezidentlik kampaniyasi vaqtida amerikaliklargi şunday savol bilan murojaat qilgan. Amerikaliklar baland ovozda «yöq» deb javob qaytarişgan.
«Saylovlardagi tanlov hayot sifatiga boğliq bölganmi? Agarda ha bölsa, u holda jahonning har bir davlatidagi odamlar bu savolga qanday javob berişadi?».
Yangi hisobot jahon yetakçilariga ba'zi javoblarni taklif etadi va ularga fuqarolarga nega quloq tutişlari lozimligini körsatadi.
Rossiya, Hindiston, Kolumbiya va Misr kabi davlatlarda hayot sifati yomonlaşmoqda. Bu mamlakatlarning har biridagi odamlar 2014 yildan beri öz hayotlari sifati pastga qarab şönğib borayotganini bildirişmoqda.
«Bu davlatlarning har biridagi – umuman, dunyodagi barça yetakçilar – xavotirga tuşişi kerak. Odamlar hayotlari notöğri yöldan ketayotganini körişganida, ular özgarişlarni xohlaydi. London iqtisodiyot maktabi akademiki Jorj Uordning yaqinda ötkazilgan tadqiqoti şuni körsatadiki, odamlar öz hayotiga qanday munosabatda bölsa, bu saylovlardagi ovoz beriş jarayoniga ta'sir körsatadi. Umuman olganda, uning fikriça, farovonlikning sub'yektiv çoralari saylovlarning eng yaxşi prediktorlari sanaladi, bunda odamlardan iqtisodiyotga munosabat haqida söraşga hojat ham yöq», - deya ta'kidlanadi hisobotda.
Uordning tadqiqoti Yevropa demokratiyalariga asoslangan, biroq, odamlar öz hayotiga qanday munosabatda ekani, barça mamlakatlar yetakçilariga juda kerakli narsa. Hayot darajasining xalq reytinglari «arab bahori» davlatlaridagi namoyişlardan ança oldinga ötib ketgan. Ukrainada ham Yevromaydan inqilobidan oldingi ikki yilda şu holat kuzatildi. Hisobot ma'lumotlariga köra, hayot reytinglari Buyuk Britaniyada Brexit’ga qadar va AQŞda prezidentlik saylovlariga ikki yil qolganida pasaygan.
Bu ma'lumot va tendensiyalar xatti-harakat iqtisodiyoti, deya ataluvçi narsaning bir qismi sanaladi. Asosiy nazariya şundan iboratki, odamlar qilayotgan narsalarning faqat 30 foizi ratsional; qolgan 70 foizi – emotsionaldir. Bu yangi nazariya Nobel mukofotlari, bestsellerlar, turli davlatlardagi yangi agentliklar hamda universitetlardagi yangi mutaxassisliklarga olib keldi.
Bu olib kelmagan narsa esa, - yangi milliy statistika. Eng maşhur milliy statistika – YaIM, xöjaliklar daromadi va işsizlik – odamlar qilayotgan narsaning ratsional tomoniga jamlangan: ular qança sarflaşmoqda, qança işlab topişmoqda va işga ega ekanliklariga. Bu hisobot boşqa 70 foizni, ya'ni emotsional tomonni son jihatidan aniqlaştiradi.












