Möynoq tuman markazidan 65 km uzoqlikdagi hududda maxsus ilmiy-tadqiqot stansiyasi barpo etildi. Bu haqda Qişloq xöjaligi vazirligi xabar berdi.

Stansiyada Orol dengizining qurigan tubida yuzaga kelayotgan dolzarb ekologik muammolarni ilmiy asosda hal etişga qaratilgan amaliy tadqiqotlar ötkaziladi. 

Loyihalar doirasida hududning tuproq-iqlim şaroitiga mos ösimliklarni yetiştiriş, ularni parvarişlaş va kasallik hamda zararkunandalardan himoyalaş, şörlangan tuproqlar unumdorligini tiklaş, tuz va qum migratsiyasi yönalişlarini örganiş, biologik, meteorologik va geologik tadqiqotlar ötkaziş işlari amalga oşiriladi.

Ilmiy-tadqiqot stansiyasida 24 ta konteyner örnatilgan bölib, hudud toza içimlik suvi, elektr ta’minoti, internet aloqasi hamda doimiy video kuzatuv tizimi bilan töliq ta’minlangan.

Bu yerda bir vaqtning özida 150 nafar olim va mutaxassislar istiqomat qilib, ilmiy tadqiqotlar ötkazişi mumkin.