Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadagi eng xavfli ko‘prik (video)
Baykalorti o‘lkasida Rossiyadagi eng xavfli ko‘prik aniqlandi.
Ta'kidlanishicha, ko‘prik chirigan taxtalardan iborat bo‘lib, 500 metrdan ko‘proq uzunlikka ega va Vitim daryosi ustidan 15 metr balandlikdan o‘tgan.
“Ertalab ko‘prikdan KamAZ o‘tgandi. Haydovchi bir o‘zi, yordamchisiz yurgan. Bu yerdan katta mashinada yurish uchun qanday katta jasoratga ega bo‘lish kerak o‘zi?”, deb savol bilan yuzlangan video muallifi.
Kuchli shamol mashinani ko‘prikda chayqatmasligi uchun mashinaning barcha oynalarini ochishga to‘g‘ri keladi. “Shpallar g‘ichirlaydi, taxtalar chirigan, ko‘prikning oxiri ko‘rinmaydi”, deb qo‘shimcha qilgan muallif.
Ushbu ko‘prik 30 yil avval qurilgan, biroq rasman foydalanishga kiritilmagan. Biroq bu ba'zi “dovyurak” haydovchilarga undan yurishga to‘sqinlik qilmayapti.
Mavzuga oid
10:35 / 04.07.2026
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50 / 04.07.2026
Sumidagi hujumda besh yoshli qizaloq va onasi halok bo‘ldi
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
21:11 / 03.07.2026