Sport | 19:00 / 23.01.2018
70721
2 daqiqa o‘qiladi

Yana 4ta gol. O‘zbekiston bu safar Janubiy Koreyani yengib finalga chiqdi

Bugun — 23 yanvar kuni Xitoy mezbonligida o‘tkazilayotgan 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida yarim final bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. 

Final yo‘lida janubiy koreyalik raqiblarga qarshi maydonga chiqqan O‘zbekiston U23 terma jamoasi bu o‘yinda to‘liq ustunlikka erishdi.

O‘yinning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etilgach, jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarda g‘olib nomini aniqlashdi. Qo‘shimcha bo‘limlarda bir kishi ko‘p bo‘lib harakat qilgan O‘zbekiston vakillari yana 3ta gol urishdi.

Ravshan Haydarov jamoasida gollarga Zabihullo O‘rinboyev, Aziz G‘aniyev, Jasur Yaxshiboyev va Akrom Komilov mualliflik qildi.

Shu tariqa, O‘zbekiston finalga yo‘l oldi. 27 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan hal qiluvchi o‘yinda o‘zbekistonliklarni Vetnam kutmoqda.

O‘zbekiston termasi guruh bosqichini Qatarga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyat bilan boshlagandi. Jamoa guruhdagi keyingi ikki o‘yinni o‘z foydasiga hal qildi: Xitoy va  Ummon termalari 1:0 hisoblarida mag‘lubiyatga uchratildi. Chorak finalda esa Yaponiya 4:0 hisobida taslim etildi.

Osiyo Chempionati U23
Yarim final

Janubiy Koreya — O‘zbekiston 1:4
Gollar: Zabihullo O‘rinboyev, 33 (0:1). Xvang Xyun Su, 58 (1:1). Aziz G‘aniyev, 96 (1:2). Jasur Yaxshiboyev, 109 (1:3). Akrom Komilov, 120 (1:4).
O‘zbekiston: Botirali Ergashev — Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Abbos Otaxonov (Doniyor Narzullayev, 95), Azizjon G‘aniyev, Odil Hamrobekov, Jasurbek Yaxshiboyev, Zabihillo O‘rinboyev, Javohir Siddiqov (Bobur Abduxoliqov, 113), Doston Hamdamov, Doston Tursunov.
Chetlatish: Jang Yun Xo, 75 (K).

O‘yin statistikasi

Foto: OFK

 

Mavzuga oid