Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijga vaqtincha mehnat qilish uchun yo‘l olgan fuqarolarga eslatmalar tarqatiladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Yo‘lovchi transportda favqulodda vaziyatlar profilaktikasi va ularning oldini olish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan tashqariga chiqadigan fuqarolar xavfsizligini ta'minlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi №42-son qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi zimmasiga bir hafta ichida O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chiqadigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun eslatma ishlab chiqish vazifasi topshirilgan.
Eslatmada quyidagilar nazarda tutiladi:
Transportda harakatlanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etishning asosiy talablari, xorijiy davlatda bo‘lish qoidalari, xorijga chiqadigan fuqarolarning huquqlari va majburiyatlari;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi migratsiya agentligi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ishonch telefonlari, veb-saytlari, elektron manzillari, O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat organlari, shuningdek, boshqa davlatlar hududidagi O‘zbekiston Respublikasi elchixonalari va konsullik xizmatlarining telefonlari ko‘rsatilgan holda, odam savdosi holatlari to‘g‘risida xabardor qilish zarurligi haqida ogohlantirish.
Mavzuga oid
21:30 / 21.01.2026
Rossiya iqtisodiyoti migrantlarsiz yashay oladimi?
11:07 / 15.01.2026
🔴 LIVE: Rossiya ortiq variant emas: mehnat muhojirlari nima qiladi?
21:57 / 19.12.2025
“Ksenofobiya Rossiyaning fundamental muammosi” – Moskvadagi fojianing sabablari haqida suhbat
20:50 / 19.09.2025