Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karan Johar Putin haqida film suratga olmoqchi
Bollivudning eng muvaffaqiyatli rejissyorlaridan biri, Dharma Productions kompaniyasi rahbari Karan Johar o‘z vaqtida amerikalik rejissyor Oliver Stoun amalga oshirgandek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqida film suratga olmoqchi.
“Ishonamanki, yaxshi voqea istalgan tilda muvaffaqiyatli bo‘ladi va men shunday bir narsa qilish imkoniyatiga ega bo‘lishni istardim”, deb aytgan Johar.
Johar Rossiyada film suratga olmoqchi ekanligini qo‘shimcha qildi. “Men Rossiya va Hindiston o‘rtasida biror qo‘shma loyihani amalga oshirishni istardim. Rossiyalik tomoshabinlar har doim hindlarga ko‘p muhabbat berishgan. Misol uchun, Raj Kapurga. Shu sababli Rossiyaga borib, u yerda film suratga olish ajoyib bo‘lardi”, deb aytgan Johar.
Joharning ta'kidlashicha, u rus adiblarining mumtoz asarlari bo‘yicha ham film suratga olishga tayyor.
“Men rus mumtoz adabiyotini ko‘p o‘qimaganman, biroq uni yaxshiroq o‘rganishni istardim. Chunki bizning jamoa yangi voqealar va yangi g‘ayrat izlamoqda”, deb aytgan rejissyor.
Mavzuga oid
10:35
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50
Sumidagi hujumda besh yoshli qizaloq va onasi halok bo‘ldi
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
21:11 / 03.07.2026