Jahon | 21:50 / 23.01.2018
7380
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston yangi yo‘lovchi samolyotlar xarid qilmoqchi

Qozog‘iston bir qator hududiy aerodromlarni ta'mirlashni va yangi samolyotlar xarid qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 23 yanvarda Qozog‘istonning investitsiyalar va rivojlanish vaziri Jyenis Qasimbek hukumat yig‘ilishida ma'lum qilgan. 

“Mahalliy havo yo‘llari aerodromlarini rivojlantirish uchun qattiq qoplamali 5 ta aerodrom va tuproq qoplamali 11 ta aerodrom qurish va rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilgan. Loyihalarni respublika byudjyeti hisobiga moliyalashtirish nazarda tutilgan. Mahalliy havo yo‘llarida parvozlarni tiklash uchun hududiy sinfdagi ko‘plab samolyotlar talab etiladi”, deb aytgan vazir.   

Dastlabki tahlillarga ko‘ra, bunday samolyotlarga ehtiyoj 2018-2021 yillarda 20tagachani tashkil qilishi mumkin. Ayni vaqtda hududiy sinfdagi samolyotlarni xarid qilish bo‘yicha “Jyetisu” aviakompaniyasi bilan muzokaralar olib borilmoqda.  

Ta'kidlanishicha, 20 tagacha o‘rindiqqa ega, ikkita dvigatelli hamda sanitar-yo‘lovchi va transport samolyotiga osongina aylantirilishi mumkin bo‘lgan samolyotlarni xarid qilish mo‘ljallangan. Bunday samolyotning o‘rtacha narxi 2,2 mlrd tangani tashkil qiladi.   

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, kichik aviatsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 23 mlrd tangadan ko‘proq mablag‘ talab etiladi.

 

Mavzuga oid