Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahar hokimi: “Allohning kalomini yodlagan kishi hech qachon kam bo‘lmaydi”
Navoiy viloyatida bo‘lib o‘tayotgan Qur'on musobaqasining g‘oliblarini taqdirlash uchun Navoiy shahar hokimi Xalilov Umarbek tashrif buyurib, mukofotlarni topshirdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Taqdirlash marosimida shahar hokimi so‘zga chiqdi. “Ushbu musobaqa respublikamizda birinchi marta o‘tkazilyapti. Bizning eng asosiy maqsadimiz, viloyatimizda qancha qorilar borligini bilish, ularni qo‘llab-quvvatlash va ilohiy kalomga muhabbatli odamlarni ko‘paytirishdir. Ilk marotaba o‘tkazilayotgan ushbu musobaqada qatnashgan odam tarixda qoladi. Shuningdek, Kim Xudoning kalomini yodlasa, hech qachon kam bo‘lmaydi. Bugun Navoiy shahrimizda o‘zgacha fayz kezib yuribdi. U ham bo‘lsa shahrimizda qorilar jam bo‘lib, shunday musobaqa o‘tkazilishidir. Barchaga muvaffaqiyat tilayman, viloyat g‘oliblarini respublika va xorijda ham faxrli o‘rinlar olishlarini tilayman”, - dedi Xalilov Umarbek.
Navoiy viloyati mutasaddilari tomonidan musobaqa ishtirokchilari va tomoshabinlariga ehson dasturxonlari yozildi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ma'lumot o‘rnida: Sirdaryo viloyatida o‘tgan Qur'on musobaqasining hududiy bosqichiga shaxsan viloyat hokimi tashrif buyurib, ishtirokchilarni taqdirlagan edi.
Mavzuga oid
22:44 / 02.05.2026
Navoiyda ma’danli toshlarni qazish va oltin ajratib olish bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
10:03 / 28.04.2026
Navoiyda maktab o‘quvchilari boshqaruvidagi mashina YTHga uchradi
08:32 / 21.04.2026
Ishchi viza va’dasi bilan minglab dollar talab qilganlar ushlandi
14:26 / 18.03.2026