Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung yana katta mojaro yoqasida turibdi
Italiya monopoliyaga qarshi kurash xizmati Samsung eski smartfonlarining atayin sekinlashishini tekshirmoqda, bu yangi qurilmalarni ilgari surish uchun qilingan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, idora Apple’ni qonunbuzarlikda gumonlamoqda, deb yozadi Independent.
Xizmat kompaniyalarni “o‘z mahsulotlaridan foydalanish muddatini cheklash uchun ma'lum bir ehtiyot qismlar kamchiligini qo‘llash va iste'molchilarni yangi versiyalarni xarid qilishga undash bo‘yicha umumiy tijoriy siyosatini” olib borishda aybladi.
Idoraning ta'kidlashicha, har ikki kompaniya qurilmani sekinlashtiruvchi dasturiy ta'minot yangilanishini chiqargan. Shu bilan birga, ishlab chiqaruvchilar foydalanuvchilarni ehtimoliy oqibatlardan ogohlantirishmagan hamda “bu qurilmalar ishlashining normal darajasini saqlab qolish uchun” yetarli ma'lumot berishmagan. Avvalroq Samsung’dagilar proshivkani yangilash hisobidan protsessor ishini sekinlashtirmayotganliklari haqida xabar berishgandi.
2017 yil oxirida Apple kompaniyasi iOS 10.2.1 operatsion tizimi chiqqandan keyin qurilmalarining protsessorlari ishlashi tezligini sekinlashtiruvchi imkoniyat paydo bo‘lganini tan olgan. Kompaniyada ta'kidlanishicha, bu qurilma yuqori yuklanishlarda o‘z-o‘zidan o‘chib qolmasligi maqsadida qilingan.
Mavzuga oid
08:53 / 07.07.2026
Sardiniyada ish, 5 ming yevrogacha maosh: shifokorlar uchun qabul boshlandi
20:00 / 03.07.2026
Gadjetlar qimmatlamoqda: chiplarning global taqchilligi smartfon va noutbuklar narxini oshiryapti
20:41 / 30.06.2026
Yangi Samsung Galaxy 2026 yilning "eng bema’ni" smartfoni deb topildi
20:51 / 19.06.2026