Migratsiya agentligi Italiyaning Sardiniya hududida işlaş istagidagi özbekistonlik tibbiyot xodimlari uçun tanlov boşlanganini ma’lum qildi.
Dastur doirasida har yili 100 nafar şifokor işga qabul qilinişi rejalaştirilgan. Vakansiyalar şoşilinç tibbiy yordam şifokorlari hamda oliy ma’lumotli hamşiralar uçun oçiq.
Nomzodlar uçun iş tajribasi majburiy emas, biroq tajribaga ega mutaxassislarga ustuvorlik beriladi.
Işga jönab ketişdan oldin iştirokçilar Italiyaning Peruja universiteti hamkorligida taşkil etilgan onlayn italyan tili kurslarida 7 oy davomida tahsil oladi. Kurs xarajatlari Migratsiya agentligi tomonidan qoplanadi.
Kursni muvaffaqiyatli tamomlaganlar Sardiniyada rasman iş boşlaydi. Asosiy oylik 3,5 ming yevrogaça etişi, qöşimça iş soatlari va tungi navbatçilik uçun tölanadigan ustamalar bilan esa daromad 4–5 ming yevrogaça yetişi mumkin.
Iş vaqti haftasiga 38 soatni taşkil etadi. Iş beruvçi xodimlarni turar joy bilan ta’minlaydi, tuşlik xarajatlarini qoplaydi va tibbiy suğurta rasmiylaştiradi.
Tanlovda 50 yoşgaça bölgan nomzodlar iştirok etişi mumkin. Şu bilan birga, 40 yoşgaça bölgan mutaxassislarga ustuvorlik berilişi qayd etilgan.
Nomzodlardan oliy tibbiy ma’lumotga ega bölişi talab etiladi. Qöşimça ma’lumot va röyxatdan ötiş uçun Migratsiya agentligining 71 202 33 55 (221) raqamiga murojaat qiliş mumkin.
















