Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘tgan mavsumda eng ko‘p pul ishlab topgan jamoalar nomi ma'lum bo‘ldi
Britaniyaning Deloitte kompaniyasi Yevropa klublarining 2016/17 yilgi mavsum daromadlari hisobiga reyting tuzib chiqdi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida ma'lum qilingan.
Unga ko‘ra, «Manchester Yunayted» o‘tgan mavsumdagi kabi birinchi o‘rinni saqlab qolgan. Jamoa o‘tgan mavsumda ishlab topgan umumiy daromadi 676 million yevroni tashkil qilgan. Ikkinchi o‘rinda borayotgan «Real» mankunianliklardan 1,7 mln yevro kamroq ishlab topgan.
Reytingda uchinchi o‘rinni «Barselona» 648 mln yevro daromad evaziga egallab turibdi. Keyingi o‘rinlarda «Bavariya» (587,8 mln) va «Manchester Siti» (527,7 mln) borishmoqda.
Deloitte Money League TOP-20ligi
1. «MYu» – 676,3 mln. yevro
2. «Real» – 674,6
3. «Barselona» – 648,3
4. «Bavariya» – 587,8
5. «Manchester Siti» – 527,7
6. «Arsenal» – 487,6
7. «PSJ» – 486,2
8. «Chelsi» – 428
9. «Liverpul» – 424,2
10. «Yuventus» – 405,7
11. «Tottenhem» – 355,6
12. «Borussiya» D – 332,6
13. «Atletiko» – 272,5
14. «Lester» – 271,1
15. «Inter» – 262,1
16. «Shalke» – 230,2
17. «Vest Hem» – 213,3
18. «Sauthempton» – 212,1
19. «Napoli» – 200,7
20. «Everton» – 199,2
Top-20dan Angliyaning 10 jamoasi o‘rin egallagan. Reytingda klublarning xarajatlari hisobga olinmagan. Bu faqat ishlab topilgan pullar hisob-kitobi sanaladi.
2015/16 yilgi mavsumga nisbatan solishtirganda top-20 klubning daromadi 6 foizga o‘sib, 7,9 milliard yevroga yetgan.
Mavzuga oid
18:39 / 04.04.2026
Abduqodir Husanov navbatdagi kubokka bir qadam yaqinlashdi
22:18 / 01.04.2026
Abduqodir Husanov «Manchester Siti»da uchinchi marta oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
23:27 / 22.03.2026
Abduqodir Husanov Angliyadagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi
05:35 / 18.03.2026