Kasb-hunar ta'limi sohasida kadrlar tayyorlash tizimidagi muhim vazifalar belgilab berildi
O‘zbekistonda kasb-hunar ta'limi sohasida kadrlar tayyorlash tizimidagi muhim vazifalar belgilab olindi. KUN.UZ muxbiri 25 yanvar kuni Prezident matbuot xizmati tomonidan tashkillashtirilgan brifingda taqdim etilgan ma'lumotlarga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
Prezidentning "Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonida kasb-hunar ta'limi sohasida kadrlar tayyorlash tizimidagi muhim vazifalar qayd etilgan.
Unga iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalarini, zamonaviy texnika va texnologik tendensiyalarini hisobga olib, ehtiyoj yuqori bo‘lgan va turdosh mutaxassisliklar bo‘yicha zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq qilgan holda ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan va kamida ikkita xorijiy tilni biladigan malakali kadrlarni tayyorlash ko‘zda tutilgan.
Shuningdek yangi farmonda kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojni, ish beruvchi korxonalarning takliflarini hisobga olgan holda, iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari uchun zarur mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo‘yicha kasb-hunar kollejlari faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi qo‘yilgan.
Yoshlarni har tomonlama barkamol qilib, vatanparvarlik va milliy mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashga, shuningdek o‘quvchilarda boy ilmiy, madaniy va ma'naviy merosimizga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ma'naviy va axloqiy sifatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonni yangi pedagogik shakllar va usullar asosida tashkil etish - soha kadrlarining ustuvor vazifalarning biridir.
Bundan tashqari, farmonda yetakchi mahalliy va xorijiy ta'lim muassasalari bilan har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, zamonaviy innovatsion o‘quv loyihalarini birgalikda amalga oshirish uchun kasb-hunar ta'limi sohasiga yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish ham ko‘zda tutilgan.
Kasb-hunar ta'limi milliy standartlari talablarini xalqaro ta'lim standartlari tasniflash ichiga, xalqaro malaka talablariga muvofiqlashtirish, milliy malaka talablarini bosqichma-bosqich xalqaro analoglarga moslashtirish va e'tirof etilishiga qaratilgan ishlarni tashkil etish nazarda tutilgan.
Shuningdek kasbga o‘rgatish bilan bir qatorda tarkibiy jihatdan umumiy ta'lim olishni birgalikda olib boradigan, shuningdek nodavlat ta'lim sektorini uzluksiz davlat ta'lim tizimi bilan samarali integratsiyalash, tabaqalashtirilgan ta'lim jarayonini tashkil etish bo‘yicha orttirilgan amaliy tajribani tizimlashtirish va kelgusida amaliyotga joriy etish ham muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlangan.
Mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, uni barqaror o‘stirish hamda modernizatsiyalash jarayonlarida samarali ishtirok etishga qodir bo‘lgan kadrlarni tayyorlash maqsadida o‘quv jarayoniga innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va ishlamalarni faol qo‘llab, kasb-hunar ta'limi va ishlab chiqarishning o‘zaro yaqin hamkorligini ta'minlash kadrlar tayyorlashdagi muhim vazifalardan biridir.
Bundan tashqari, farmonda yuqori samarali o‘quv labaratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi va innovatsion texnologiyalarga asoslangan parklar bilan jihozlangan kasb-hunar kollejlarining zamonaviy moddiy-texnika bazasini shakllantirish va yanada mustahkamlash, undan samarali foydalanishga asoslangan chora-tadbirlarni amalga oshirish ham nazarda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindiston va Pokiston munosabatlari taranglashdi
Jahon | 02:00
-
Amerikalik sobiq kongressmen Jorj Santos firibgarlik uchun yetti yilga qamaldi
Jahon | 01:32
-
Rossiyada migrantlarning farzandlarini bog‘chaga qabul qilishda qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin
Jahon | 00:41
-
Britaniyada saratonni kasallik belgilari paydo bo‘lishidan oldin aniqlashga qodir qon tahlili ishlab chiqildi
Jahon | 23:42 / 25.04.2025
Mavzuga oid

17:10 / 30.04.2024
"To‘ra Abdiyevich, qattiqroq oling" - Zoyir Mirzayev tibbiyotda yosh kadrlarni ishga olishdagi muammolar haqida

12:22 / 06.02.2024
Bakalavriat bo‘yicha 3 yillik ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlanadi

21:15 / 04.10.2023
Oliy ta’lim vazirligi barcha kasb-hunar ta’limi muassasalarini muvofiqlashtiradi – prezident topshirig‘i

07:49 / 18.05.2021