Viloyat hokimining aytişiça, tibbiyot oliy ta’lim muassasalaridagi bitiruvçi kurs talabalari tuman şifoxonalariga işga kirişda tösiqlarga uçrayapti.

 “Ötirib bekorçilikdan yangi-yangi narsalarni öylab topmanglar. Maktabda sport nimaga rivojlanmaydi – çunki u yerda “zavxoz” bor, sport zalni qulflab qöyadi. Sport zal kir böladi, töpni yirtib qöyasan, komissiya kelsa körsataman deydi.

Tibbiyot nimaga rivojlanmaydi – tibbiyotda “otdel kadr” bor, “kadr” buzadi hammayoqni. Hamma “kadr”ni olib kelib ötqizib qöyiş kerak şu yerga. Ularga aytdim, agar hammang 10tadan odam topmasang, bugun oxirgi iş kuning böladi deb . Menimça bugun köp “kadr”ni oxirgi iş kuni. Hazil bilan aytyapman, lekin aytgan gapimni nazorat qilişni yaxşi bilaman. Bugun köpçilik boş vraçlarniyam oxirgi iş kuni bölişi mumkin. Sizlar odamni jalb qiliş emas, ularga “sun’iy bar’yerlar” qöyib taşlagansizlar”, - dedi viloyat hokimi.

Tibbiyot muassasalari bitiruvçilarini işga qabul qilişda tegişli qonunlar işlamayotganligi, ayrim tuman şifoxonalariga bu qarorlar “yetib bormayotgani” aytildi. Viloyatning Oqqörğon tumani hokimi Töra Bobolov ham bu borada nazoratni kuçaytirişga çaqirildi. 

“Ayrim tuman şifokorlari ustidan ijtimoiy tarmoqlardayam murojaat köpayib ketgan. Dadil-dadil takliflar bölsa şu bitiruvçilardan boş vraç qilamiz degan fikr ham bor” deya ta’kidladi Mirzayev.