Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saratonga yo‘liqqan qiz uchun kuyovsiz to‘y tashkil qilindi
Leykemiyaga qarshi davolanish kursini o‘tayotgan 21 yoshli xitoylik qiz kuyovsiz turmushga chiqdi. Bemor qiz uchun to‘y marosimini ko‘ngillilar tashkillashtirishdi.
Yang Chunyan o‘z kasalligi haqida bir oy oldin xabar topdi. U turmushga chiqish orzusi borligi va shunday tantanali marosimni ko‘rmay o‘tib ketishidan xavfsirayotgani haqida akasiga aytdi. Shunda akasi ko‘ngillilarga murojaat qildi, ular saratonga chalingan qiz uchun to‘y tantanasini tashkillashtirishdi.
Tantana shifoxonada bo‘lib o‘tdi, muassasa xollida pushti gilam yozildi, undan to‘y ko‘ylagi kiygan qiz qo‘lida guldasta bilan o‘tgan. To‘y tantanasi uchun maxsus tortga buyurtma berilgan.
Qiz to‘y tantanasi tugaganidan keyin o‘z organlarini bemorlarga ko‘chirib o‘tkazishni vasiyat qildi.
Mavzuga oid
08:16 / 02.06.2026
Top-10: dunyo savdosida eng katta ulushga ega davlatlar
08:31 / 01.06.2026
BMT bankrotlik xavfiga duch kelmoqda - WSJ
08:21 / 01.06.2026
Xitoyning ikki yirik kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirish niyatida
20:26 / 29.05.2026