Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tez tibbiy yordam ko‘rsatish xizmatlarining avtotransportlari har 7-8 yilda yangilanadi
Endi Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish xizmatlarining avtotransportlari shahar joylarda - har 8 yilda, qishloq joylarda esa - har 7 yilda yangilanib boradi. Bu tibbiy xizmatlar sifatini oshirishi uchun xizmat qiladi. KUN.UZ muxbiri O‘zbekiston Prezidenti Davlat maslahatchisi R.S.Qosimovning so‘zlariga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
Yangi qarorga muvofiq, tez tibbiy yordam xizmati ixtisoslashtirilgan avtotransportlari zamonaviy tibbiy uskunalar va raqamli radioaloqa vositalari (ratsiyalar)bilan jihozlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Call-markazlar faoliyatini tashkil etish uchun shifokor, o‘rta tibbiy va texnik xodimlar lavozimlarini joriy etish yo‘li bilan tez tibbiy yordam xizmatining yangilangan shtat me'yorlarini qayta ko‘rib chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi. Shuningdek ularni aholiga samarali va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lgan malakali tibbiy kadrlar bilan qo‘shimcha ta'minlaydi.
Bundan tashqari, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018 yil 1 fevralidan tez tibbiy yordam brigadalari haydovchilariga ularga bemorlarni tashish bo‘yicha qo‘shimcha ravishda yuklatilgan funksiyalarni bajargani uchun, agar sanitar shtati mavjud bo‘lmasa, tarif stavkasida 30 foiz miqdorida ustama to‘lashni joriy qilish to‘g‘risidagi taklifini qabul qilish topshirig‘i berildi.
Mavzuga oid
20:04 / 21.12.2024
G‘oyib bo‘lgan mashinalar ishi: asosiy figurant Abdulla Abdurasulovning sheriklari qamaldi, uning o‘zini tergovchi qo‘yib yuborgan
16:01 / 04.12.2024
Lacetti’dan BYD’gacha bor: chegara orqali g‘oyib bo‘lgan mashinalar haqida surishtiruv – 2-qism
15:43 / 30.08.2023
Jizzax va Qashqadaryoga 50 dona Volkswagen Caddy tez yordam mashinalari yuborildi
14:10 / 25.07.2023