Abdulla Abdurasulov ismli şaxs bir neça oyda 50 nafarga yaqin kişini çuv tuşirib, ularning turli rusumdagi maşinalarini bojxona çegara posti orqali Qozoğistonga olib çiqib ketgan. Çegaradan ötkazilgan maşinalar esa ğoyib bölgan. Abdulla Abdurasulov kim va u maşinalarni bojxona çegara postidan qanday tarzda olib ötgan? Bunga Bojxona qömitasining munosabati qanday böldi? Maşinalar ortga qaytariladimi? Kun.uz mavzu yuzasidan suriştiruvni davom ettirdi.

Kun.uz’ning 50 ga yaqin maşina boşqariş huquqi bölmagan şaxslar tomonidan bojxona posti orqali Qozoğistonga haydab olib çiqib ketilgani haqidagi suriştiruvi ança jiddiy masala bölib çiqdi. Suriştiruvdan söng tahririyatga önlab murojaatçilar kelib, ularning ham maşinalari ayni şu tarzda Qozoğistonga olib çiqib ketilganini bildirişdi. Kun.uz mavzuning yangi tafsilotlarini örgandi.

Abdulla Abdurasulov kim?

Jabrlanuvçilarning barçasi maşinalarini Abdulla Abdurasulovga bölib tölaş şarti bilan sotganini aytadi. Abdurasulov esa transport vositalarini “Yallama” bojxona çegara posti orqali Qozoğistonga olib çiqib ketgan. Jabrlanuvçilar bilan hamon Telegram orqali aloqada bölib turgan Abdulla Abdurasulov ularga maşinalarni Qozoğistonga ötkazib, taksi xizmatini yölga qöymoqçi bölganini, ammo qozoğistonlik şeriklariga aldanib qolganini bildirib keladi. Biroq aldanganlar bu bahonaga işonmay qöyişgan, maşinalardan darak yöq.

1989 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, Olmazor tumanining Qoraqamiş dahasida röyxatda turuvçi Abdulla Abdurasulov muqaddam bir neça bor sudlangan.

U 2014 yil 19 iyundagi sud hukmi bilan bojxona töğrisidagi qonunçilikni buziş, pora beriş, qonunga xilof ravişda çet elga çiqiş yoki Özbekiston Respublikasiga kiriş, şuningdek, rangli metallar, ularning parça va rezgi çiqitlarini tayyorlaş, oliş, ulardan foydalaniş hamda ularni ötkaziş qoidalarini buziş kabi jinoyatlarini sodir qilişda aybli deb topilgan. Unga sud hukmi bilan 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Biroq 2013 yil 12 dekabrdagi amnistiya aktiga asosan jazo muddati 1/3 qismiga, 2014 yil 14 noyabrdagi amnistiya aktiga asosan ötalmagan jazo muddati 1/3 qismiga qisqartirilgan hamda 2015 yil 3 dekabrdagi amnistiya aktiga asosan Abdurasulov jazodan ozod qilingan.

Bundan taşqari, Abdulla Abdurasulov jinoyat işlari böyiça Jizzax şahar sudining 2021 yil 21 apreldagi hukmi bilan Jinoyat kodeksining 223-moddasi (Qonunga xilof ravişda çet elga çiqiş yoki Özbekiston Respublikasiga kiriş) 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan hamda 5 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan. Jinoyat işlari böyiça Olmazor tuman sudining 2023 yil 19 dekabrdagi ajrimi bilan tayinlangan jazoning ötalmagan qismi, ya’ni 2 yil 5 oy 22 kun ozodlikni çeklaş jazosidan muddatidan ilgari şartli ozod qilingan.