Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koutino debyut qilgan uchrashuvda «Barselona» rekordni yangiladi
«Barselona» Ispaniya kubogi chorak final bosqichida «Espanol»ga qarshi kechgan javob uchrashuvi yakuni bo‘yicha musobaqa yarim finaliga yo‘l oldi. Ernesto Valverde jamoasi birinchi o‘yindagi minimal mag‘lubiyatdan so‘ng, «Kamp Nou»da 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Luis Suares mezbonlarni 9-daqiqada oldinga olib chiqdi, Lionel Messi 25-daqiqada ikkinchi golni urdi.
Har ikki jamoa umumiy hisobda sakkiz marotaba ogohlantirish oldi.
«Barselona» safida ushbu uchrashuvda yarim himoyachi Filippe Koutino o‘zining ilk o‘yinini o‘tkazdi.
Braziliyalik futbolchi ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushdi – 68-daqiqada Koutino Andres Inestani almashtirdi.
Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli Koutino «Barselona»ga «Liverpul»dan yanvarda o‘tdi. OAV ma'lumotiga ko‘ra, transfer miqdori 120 mln yevroni tashkil etdi, yana 40 mln yevro bonuslar sifatida ko‘zda tutilgan.
«Barselona»ning Ispaniya kubogi yarim finalidagi raqibi qur'a natijasiga ko‘ra aniq bo‘ladi.
Barselona – Espanol 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 9 Suares, 2:0 – 25 Messi.
Barselona – Sillessen, Umtiti, Pike, Alba, Aleish Vidal (Paulino, 63), Buskets, Serdji Roberto, Rakitich (Andre Gomesh, 90), Inesta (Koutino, 68), Messi, Suares.
Espanol – Lopes, Ermoso, Naldo, Karikol, Lopes Silva, Sanches(Melendo, 86), Darder (Baptistao, 46), Granero (Garsiya, 65), Xavi Fuego, Mark Navarro, Moreno.
Ogohlantirishlar: Suares (8), Ermoso (19), Messi (27), Alba (38), Granero (60), Garsiya (72), Naldo (77), Paulino (82).
Birinchi o‘yin: 0:1
Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026
“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
11:26 / 03.05.2026