Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xametovlar sulolasi vakillari xalqaro sirk festivalida oltin medalni qo‘lga kiritishdi
Joriy yilning 8-14 yanvar kunlari Vengriyaning Budapesht shahrida XII Xalqaro sirk festivali bo‘lib o‘tdi. Bu festivalga 15 ta davlatdan 126 nafar ishtirokchi jalb qilindi. Ishtirokchilar orasida o‘zbekistonlik mashhur Xametovlar sulolasi vakillari Rustam, Kamila va Dalerlar ham bor edi. Bu haqda “O‘zbekdavlatsirki” Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bunda qatnashchilar jonglyor, illyuziya, klounada, gimnastika, havo akrobatlari kabi janrlar bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Hakamlarga Charli Chaplinning o‘g‘li Yudjin Chaplin boshchilik qildi.
Dunyo arenalarini zabt etib, o‘zbek sirk san'atini jahonga tanitishni oliy maqsad qilgan Xametovlar triosi festivalda oilaviy “Kamarlar” nomli chiqishlarini namoyish etishdi.

O‘zbek sirk artistlarining festivaldagi chiqishlari g‘ayrioddiy va xavfli harakatlar tufayli nihoyatda hayajonli vaziyatlar yaratib, tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.
126 nafar qatnashchi o‘rtasida O‘zbekiston vakillarining ishtiroki yuqori baholanib, oltin medalni qo‘lga kiritishdi.


Mavzuga oid
22:23 / 19.04.2026
Rostovda sirk tomoshasi paytida yo‘lbars tomoshabinlar orasiga kirib oldi
19:43 / 29.03.2026
O‘zbek sirk san’atining mashhur namoyandasi Olimjon Toshkenboyev vafot etdi
11:55 / 09.11.2024
O‘zbekistonda sirk tomoshalarida yovvoyi hayvonlardan foydalanish taqiqlanmoqda
12:43 / 18.01.2023