Osiyo chempionati U-23 musobaqasida dastlabki sovrindor aniq bo‘ldi
Osiyo chempionati U-23 musobaqasining 3-o‘rin uchun uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda yarim final bosqichida mag‘lubiyatga uchragan Qatar U-23 va Janubiy Koreya U-23 terma jamoalari o‘zaro kuch sinashishdi.
Mag‘lublarning o‘zaro o‘yiniga xos tarzda kechgan uchrashuv nisbatan zerikarliroq tus oldi. Ammo shunda ham g‘olib nomi aniqlandi. Akram Afif tomonidan birinchi bo‘limda kiritilgan yagona gol Qatar U-23 terma jamoasiga musobaqaning uchinchi jamoasi bo‘lish imkoniyatini berdi.
Eslatib o‘tamiz, 27 yanvar kuni musobaqaning final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi va unda O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Vetnam U-23 terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Osiyo chempionati U-23
3-o‘rin uchun o‘yin
Qatar U-23 - Janubiy Koreya U-23 1:0 (1:0)
Gol: Akram Afif (39).
Mavzuga oid
10:36 / 13.06.2022
Yaponiya Janubiy Koreyani yirik hisobda yengib, yarimfinaldagi O‘zbekistonning raqibiga aylandi (Fotoreportaj)
12:24 / 12.01.2020
Osiyo chempionati olimpiya jamoalarining umumiy transfer bahosi e'lon qilindi: O‘zbekiston 3-o‘rinda
15:11 / 10.01.2020
Osiyo chempionatining eng qimmatbaho futbolchilari: Top-10 reytingdan o‘zbekistonlik futbolchi ham joy oldi
17:14 / 08.01.2020